Mundarija
Buyurtma sotuvdan nimasi bilan farq qiladi
Sotuvda tovar bugun qo'ldan ketadi. Buyurtma esa va'da: shanba kuni to'yga 200 dona patir beraman. Tovar hali tayyor emas, pul to'liq olinmagan, lekin so'z berilgan. Shuning uchun buyurtma alohida yoziladi va topshirilmaguncha ombor bilan kassaga tegmaydi. Topshirgan kuningiz u oddiy sotuvga aylanadi.
Bu tartib muddat bilan ishlaydigan hamma uchun qulay: novvoyxona, tort ustasi, mebel sexi, tikuvchi, gul do'koni, to'yga osh damlaydigan oshpaz. Ulgurji savdoda ham shunday: bugun buyurtma olinadi, ertaga mashina tarqatadi.
- Qabul qilindiMuddat va avans yozildi
- EslatmaTanlangan kuni 9:00 da
- TayyorMijozni kutmoqda
- TopshirildiSotuvga aylandi
Yangi buyurtmani qanday yozish
- Asosiy sahifada Buyurtmalar plitkasini bosing, keyin Yangi buyurtmani tanlang.
- Kim buyurtma qildi qatoriga ism va telefonni yozing yoki Mijozlardan tanlashni bosing. Ro'yxatda yo'q odamni ham shunchaki yozsa bo'ladi.
- Muddatga sana va soatni qo'ying, Eslatmada qachon xabar kelishini tanlang.
- Sabab qatoriga qisqacha yozing: to'y, tug'ilgan kun, ertangi kunga.
- Nima buyurtma qilindi bo'limida tovar nomi, soni va narxini kiriting yoki Mahsulotlardan tanlash orqali katalogdan oling. Yana qator kerak bo'lsa, Pozitsiya qo'shishni bosing.
- Oldindan to'lovni yozing, Qoldi o'zi hisoblanadi. Saqlashni bosing.
Oldindan to'lov va qoldiq
To'y buyurtmasida odatda avans olinadi: mijoz fikridan qaytmasligi uchun ham, xomashyo olish uchun ham. Ilovada buyurtma summasi, olingan pul va qoldiq doim ko'z oldida turadi, kim yana qancha olib kelishini eslab yurmaysiz.
Karim aka, to'yga
- Patir, 200 dona600 000
- Somsa, 100 dona400 000
- Buyurtma summasi1 000 000
- Oldindan to'lov− 300 000
Qoldi700 000
Muddat: shanba, soat 10:00
Bir narsani yodda tuting: oldindan to'lov buyurtmaning ichida yozilib turadi, kassa hisobiga esa buyurtma topshirilganda tushadi. Shuning uchun avans olingan, lekin hali topshirilmagan buyurtmalar bo'lsa, qo'lingizdagi naqd pul ilovadagi kassa qoldig'idan shu summaga ko'p bo'ladi. Bu xato emas, shunday ishlaydi.
Eslatma qachon va qayerga keladi
Eslatma tanlangan kuni soat 9:00 da telefonga bildirishnoma bo'lib keladi, Telegram-bot ulangan bo'lsa, unga ham. Qachon kelishini har bir buyurtmaga alohida tanlaysiz:
| Eslatma | Qachon keladi | Kimga qulay |
|---|---|---|
| O'sha kuni ertalab | Muddat kuni, muddatdan kamida 2 soat oldin | Tez tayyorlanadigan ish |
| 1 kun oldin | Bir kun oldin 9:00 da | Tort, non, somsa |
| 2 kun oldin | Ikki kun oldin 9:00 da | To'yga katta miqdor |
| 3 kun oldin | Uch kun oldin 9:00 da | Tikuvchilik |
| 1 hafta oldin | Bir hafta oldin 9:00 da | Mebel, xomashyo buyuriladigan ish |
| Eslatilmasin | Xabar kelmaydi | O'zingiz kuzatasiz |
Asosiy sahifadagi plitka eng shoshilinchini ko'rsatadi: nechta buyurtma muddati o'tgan, bugunga yoki ertaga nechta. Faol yorlig'ida buyurtmalar kunlar bo'yicha, yaqin muddatdan boshlab saralangan.
Shu haftalik buyurtmalar
- Karim aka 1 000 000 Shanba, to'yga patir
- Dilnoza opa To'landi 450 000 Tug'ilgan kun torti
- Aziz aka Kechikdi 800 000 Oshxona stoli, muddati o'tdi
Jami2 250 000
Tayyor bo'lganda: buyurtmani sotuvga aylantirish
Ish bitgach, buyurtma kartasida Tayyorni bosasiz. Mijoz kelganda Topshirildini bosasiz va Buyurtmani topshirish oynasi ochiladi: to'lov usulini tanlab, Sotuv qilib topshirishni bosing. Tovar ombordan chiqadi, pul kassaga tushadi, buyurtma oddiy sotuv bo'lib ro'yxatga yoziladi va undan chek chiqarish mumkin. Bir narsani ikki marta yozmaysiz.
Mijoz qolgan pulni keyinroq beradigan bo'lsa, Qarzgani tanlang: avans Hozir to'landi qatorida turadi, qolgani mijozning qarziga yoziladi. Buning uchun buyurtmada mijoz ro'yxatdan tanlangan bo'lishi kerak. Har bir qatorda narx ham bo'lishi shart, aks holda ilova avval narx qo'yishni so'raydi.
Sotuvni oldinroq alohida yozgan bo'lsangiz, Sotuvsiz topshirildini bosing: buyurtma yopiladi, ombor va kassa o'zgarmaydi.
Buyurtma bekor bo'lsa nima qilish kerak
Mijoz fikridan qaytdi. Buyurtma kartasida Bekor qilishni bosasiz, u Bekor qilingan yorlig'iga o'tadi. Ombor va kassa o'zgarmaydi, chunki buyurtma ularga hali tegmagan edi. Avans olgan bo'lsangiz, uni mijozga o'zingiz qaytarasiz: bu pul kassa hisobiga tushmagan. Agar faqat to'y kuni ko'chgan bo'lsa, bekor qilish shart emas: buyurtmani ochib, muddatini o'zgartirasiz.
Agent yoki xodim buyurtma olsa
Do'konlarni aylanib buyurtma yig'adigan agentingiz bo'lsa, unga mini-ilovada Buyurtma qabul qilish ruxsatini bering. U faqat o'z buyurtmalarini yozadi va ko'radi, yangi buyurtma tushganda sizga xabar keladi. Topshirish va sotuvni esa siz rasmiylashtirasiz. Agent yozgan buyurtmaga eslatma o'z-o'zidan qo'yilmaydi.
Buyurtmalarni adashtirmaslik uchun
- Soatni ham yozing. Bir kunda ertalabki va kechki buyurtma bo'lsa, qaysi biri oldin ekani darrov ko'rinadi.
- Avansni shu zahoti kiriting. Keyinga qoldirilsa, kim qancha berganini eslash qiyin.
- Telefonni to'g'ri yozing. Mijoz vaqtida kelmasa, qo'ng'iroq qilasiz.
- Mijozni ro'yxatdan tanlang. Keyin qoldiqni qarzga yozish mumkin bo'ladi.
- Xomashyoni oldindan hisoblang. O'zingiz ishlab chiqarsangiz, sarfni ishlab chiqarish hisobi bilan yuriting.
Buyurtmalar bo'limi Savdo tarifidan boshlab ishlaydi. Yangi foydalanuvchilar uni 7 kunlik bepul sinov davrida ishlatib ko'rishi mumkin.
Ko'p so'raladigan savollar
Buyurtma ombordagi tovarni kamaytiradimi?
Yo'q, topshirilmaguncha kamaytirmaydi. Sotuv qilib topshirishni bosganingizda tovar ombordan chiqadi.
Oldindan to'lov kassaga tushadimi?
Buyurtma topshirilganda, sotuv bilan birga tushadi. Unga qadar summa buyurtmaning o'zida yozilib turadi.
Eslatma qayerga keladi?
Telefoningizga bildirishnoma bo'lib va, bot ulangan bo'lsa, Telegramga, tanlangan kuni soat 9:00 da. Har bir buyurtma uchun alohida tanlanadi yoki o'chirib qo'yiladi.
Telegram do'kondan kelgan buyurtmalar shu yerga tushadimi?
Yo'q. Ular Telegramdagi do'konning o'z bo'limida turadi. Buyurtmalar siz qo'lda yozadigan muddatli buyurtmalar uchun.
Muddati o'tib ketsa nima bo'ladi?
Buyurtma Faol ro'yxatida qoladi va muddati o'tgani ko'rsatiladi, plitkada ham shunday buyurtmalar soni chiqadi.
Buyurtmani narxsiz yozsa bo'ladimi?
Ha, narx ixtiyoriy. Lekin sotuv qilib topshirish uchun har bir qatorda narx turishi kerak.