Qarz Daftari Русский Kirish

Qarz daftaringiz endi telefonda

Kim qancha qarz, kassada qancha pul, omborda nima qoldi: hammasi bitta ilovada. Qarzdorlarga eslatmani ham ilova o'zi yuboradi.

O'rnatish bepul, karta kerak emas. Kompyuterda ochish

Qarz Daftari ilovasining bosh sahifasi: qarzlar, mijozlar, kassa va savdo bo'limlari

Bizga ishonganlar

Google Play'dagi baho419 ta baho
4,8 ★
App Store'dagi baho69 ta baho
4,6 ★
Oylik faol foydalanuvchi
12 000+
Ro'yxatdan o'tgan hisob
24 000+
Google Play'dan yuklab olingan
10 000+
Video dars
50 ta

Baholar App Store va Google Play'dan olingan. Faol foydalanuvchi: so'nggi 30 kunda ilovani ochgan odam.

Ilovaning haqiqiy ekranlari

Bu rasm emas, ishlab turgan ilova. Ekranlar demo hisobdan olingan.

Bosh sahifa: barcha bo'limlar plitkalarda
Bosh sahifa
Mijozlar ro'yxati va har birining qarzi
Mijozlar
Nasiya shartnomasi: qoldiq va oylik to'lov
Nasiya
Do'kon statistikasi: sotuv, qarz va foyda
Statistika

Daftar o'rniga nima o'zgaradi

Qog'oz daftar

  • Har kuni qo'lda qo'shib chiqasiz
  • Kim kechikkanini varaqlab qidirasiz
  • Qarzni eslatish noqulay
  • Daftar yo'qolsa, pul ham ketadi

Qarz Daftari

  • Balans o'zi hisoblanadi
  • Kechikkanlar alohida ro'yxatda
  • SMS va qo'ng'iroqni ilova yuboradi
  • Hisob telefon almashsa ham saqlanadi
Bir xil qarz hisobi daftarda va ilovada.

Ilovada nimalar bor

Har bir bo'lim haqida alohida qo'llanma: ekranlar, video va misollar bilan. O'ng tomonda bo'lim qaysi tarifdan boshlab ishlashi yozilgan.

Qarz hisobi

Savdo va ombor

Kassa va foyda

Hujjat va chek

Xodimlar

Telegram va onlayn

Ma'lumotlar

Uch qadamda boshlang

  1. Ilovani o'rnating

    App Store yoki Google Play'dan yuklab, telefon raqamingiz bilan kiring.

  2. Mijoz va qarzni yozing

    Ism, summa va muddat kifoya. Mijozlarni telefon kontaktlaridan ham olish mumkin.

  3. Eslatmani yoqing

    Muddat kelganda mijozga SMS yoki qo'ng'iroq boradi, siz faqat to'lovni belgilaysiz.

Bir daqiqalik video darslar

Har bir dars bitta ishni bir daqiqadan qisqa vaqtda ko'rsatadi. Darslar o'zbek tilida.

Yangi mijoz qo'shish va qarz yozish
Qarzdorlarga avtomatik SMS eslatma
POS kassada sotish, chegirma va qaytim

Narxlar

Bepul boshlang, do'koningiz o'sgani sari tarifni oshirasiz. Yangi foydalanuvchilarga 7 kunlik bepul sinov bor.

Bepul

0 so'm

  • Mijozlar50
  • Amallar oyiga300
  • Do'konlar1
  • Qarzlar, tarix, suratlar
  • Qarzdorlarga eslatmalar
  • Tayyor SMS matnlari
  • PDF va Excelga chiqarish
  • «Mening qarzlarim» bo‘limi

Start

50 000 so'm / oy

  • Mijozlarcheksiz
  • Do'konlar1
  • Xodimlar2

Bepul tarifidagi hammasi va:

  • Cheksiz qarz va mijozlar
  • Ovozli izohlar
  • Kassa: kirim va chiqim
  • Xarajatlar hisobi
  • Hisobotlar
  • Xodimlar ro‘yxati
  • Kontragent papkalari

Savdo

100 000 so'm / oy

  • Mijozlarcheksiz
  • Do'konlar2
  • Xodimlar5

Start tarifidagi hammasi va:

  • Nasiya savdo — grafik bilan
  • Mahsulotlar va qoldiqlar
  • Ombor: mahsulot kirimi
  • Yetkazib beruvchilar
  • Buyurtmalar: muddat va eslatma
  • Sotuv va 80 mm chek
  • Shtrix-kod va etiketkalar
  • A4 nakladnoy va TTN
  • Xodim uchun mini-ilova

Biznes

200 000 so'm / oy

  • Mijozlarcheksiz
  • Do'konlar5
  • Xodimlar15

Savdo tarifidagi hammasi va:

  • AI yordamchi: ChatGPT, Claude, Gemini
  • Sotuv statistikasi
  • Ishlab chiqarish: retsept va sarf
  • Ish haqi hisobi
  • Davomat
  • Xodimlarga vazifalar
  • Ro‘yxatlar va hujjatlar
  • Bozorlik ro‘yxati

Korxona

500 000 so'm / oy

  • Mijozlarcheksiz
  • Do'konlarcheksiz
  • Xodimlarcheksiz

Biznes tarifidagi hammasi va:

  • Do‘kon va xodimlar soni cheksiz
  • Shaxsiy menejer — 2 soatda javob
  • O‘qitish va ma‘lumot ko‘chirish

12 oyga to'lasangiz, 1 oy sovg'a. Narxlar sayt va Telegram bot orqali to'lovda. iPhone ilovasi ichidagi xaridlarda App Store narxlari amal qiladi.

Ko'p so'raladigan savollar

Qarz Daftari bepulmi?

Ha, ilovani o'rnatish bepul. Bepul tarifda 50 tagacha mijoz va oyiga 300 tagacha amal yozish mumkin. Ko'proq kerak bo'lsa, tarifni tanlaysiz.

Qarz daftar ilovasini qanday yuklab olaman?

iPhone uchun App Store'dan, Android uchun Google Play'dan «Qarz Daftari» deb qidiring yoki shu sahifadagi tugmalarni bosing. Kompyuterda qarzapp.uz manzilini oching.

Internet bo'lmasa ishlaydimi?

Yozuvlar internet orqali saqlanadi. Internet yo'q paytda telefondagi oflayn bazadan mijozlar va qarzlarni ko'rib turish mumkin.

Ma'lumotlarim yo'qolib qolmaydimi?

Hisobingiz telefonda emas, serverda saqlanadi, shuning uchun telefon almashsa ham yo'qolmaydi. O'chirilgan yozuvni 30 kun ichida qaytarish va bazaning to'liq nusxasini yuklab olish mumkin.

Bir nechta telefonda ishlasa bo'ladimi?

Ha. Bitta hisobga telefon, planshet va kompyuterdan kirasiz. Xodimlarga esa alohida kirish va ruxsatlar berish mumkin.

Ilova qaysi tillarda ishlaydi?

O'zbek va rus tillarida. Tilni sozlamalarda istalgan vaqtda almashtirasiz.

Daftaringizni bugun telefonga ko'chiring

Birinchi mijozni yozish uchun bir daqiqa kifoya.