Qarz Daftari Русский Kirish

Ishlab chiqarish hisobi: retsept va xomashyo sarfi

5 daqiqa o'qish Tarif: Biznes

Ishlab chiqarish hisobi sexda nima bo'layotganini raqam bilan ko'rsatadi: qancha xomashyo ketdi, qancha tayyor mahsulot chiqdi va bitta mahsulot necha pulga tushdi. Novvoyxona, tikuvchilik yoki qandolatchilikda un, mato va shakar ko'z oldida kamayib boradi, tannarx esa taxminiy qoladi. Retsept tuzish, xomashyo sarfini yozish va sexga buyurtma berishni misollar bilan ko'rsatamiz.

Mundarija
  1. Ishlab chiqarish hisobi nimaga kerak?
  2. Ishlab chiqarishni uch qadamda boshlash
  3. Xomashyo hisobi
  4. Retsept tuzish: nimadan qancha ketadi
  5. Tannarx qanday chiqadi
  6. Tayyor mahsulotni yozish
  7. Sexga buyurtma berish
  8. Sex hisoboti
  9. Novvoyxona, qandolatchilik va tikuvchilikda
  10. Sex hisobini to'g'ri yuritish uchun maslahatlar

Ishlab chiqarish hisobi nimaga kerak?

Do'kon tayyor tovarni olib sotadi, sex esa o'zi tayyorlaydi. Shuning uchun oddiy ombor hisobi bu yerda yetmaydi: kirimga un kiradi, sotuvdan non chiqadi, orasida nima bo'lgani ko'rinmaydi. Usta «bir qopdan 100 ta non chiqadi» deydi, oy oxirida esa un kutilganidan tez tugagan bo'ladi.

Hisob uchta savolga javob beradi: xomashyo qayerga ketdi, tayyor mahsulot qancha chiqdi va bir dona necha pulga tushdi. Oxirgisi narx qo'yishda ayniqsa kerak: tannarxni bilmasangiz, foyda bilan sotyapsizmi yoki zarar bilanmi, aniq bo'lmaydi.

Sex
  • Xomashyo
  • Retsept
  • Buyurtma
  • Brak
  • Tayyor mahsulot
  • Tannarx
Sex hisobi nimalardan iborat.

Ishlab chiqarishni uch qadamda boshlash

Menyudagi Ishlab chiqarish bo'limini birinchi marta ochganingizda ilova sizni uch qadam bilan olib boradi. Har bir qadam bajarilgach, yonida belgi paydo bo'ladi.

  1. Xomashyo qo'shingUn, shakar, mato, zamok
  2. Retsept tuzingPartiyaga qancha ketadi
  3. Birinchi ishlab chiqarishXomashyo chiqadi, mahsulot kiradi
Ilovadagi uch qadam.
Qarz Daftari menyusi: mahsulotlar, ombor, ishlab chiqarish va yetkazib beruvchilar bo'limlari
Ishlab chiqarish bo'limi asosiy menyuda.

Xomashyo hisobi

Xomashyo ilovada oddiy mahsulot, faqat unda Bu — xomashyo belgisi qo'yilgan bo'ladi. Un, yog', mato, ip, quti, zamokni shunday kiritasiz va odatdagidek kirim qilasiz: qoldig'i, tan narxi va yetkazib beruvchisi bilan.

Belgili mahsulot kassa va sotuv ro'yxatida chiqmaydi, shuning uchun sotuvchi unni adashib chekka qo'shmaydi. Bu belgini faqat sotmaydigan narsangizga qo'ying: tayyor tovarga qo'yib yuborsangiz, u kassadan yo'qoladi.

Retsept tuzish: nimadan qancha ketadi

Retsept tayyor mahsulotga bog'lanadi. Mahsulotni tahrirlash oynasida Retsept: nimadan tayyorlanadi bandini oching:

  1. Shu retseptdan chiqadi qatoriga bir partiyadan qancha mahsulot chiqishini yozing, masalan 100 dona yoki 30 kg. Bo'sh qoldirsangiz, retsept bir dona uchun hisoblanadi.
  2. Xomashyo qo'shish bilan har bir xomashyoni va uning miqdorini kiriting. Xomashyo kilogrammda yuritilsa, retseptga grammda ham yozish mumkin.
  3. Kerak bo'lsa, Mehnat haqini yozing: partiyaga ustaga qancha ketadi.
  4. Saqlashni bosing: tannarxni ilova o'zi hisoblaydi.

Patir non, 100 dona

  • Un: 30 kg × 8 000240 000
  • Yog': 3 kg × 30 00090 000
  • Tuz, xamirturush30 000
  • Mehnat haqi40 000

Partiya tannarxi400 000

400 000 ÷ 100 = 4 000 so'm donasi

Retsept va tannarx hisobi (namuna).

Tannarx qanday chiqadi

Retsept ostida ilova Partiya tannarxi, 1 dona tannarxi, 1 dona foydasi va Ustamani ko'rsatadi. Yuqoridagi misolda patirni 6 000 so'mdan sotsangiz, donasidan 2 000 so'm foyda qoladi, ustama 50% bo'ladi.

Patir partiyasi, so'm

  • Un240 000
  • Yog'90 000
  • Mehnat haqi40 000
  • Tuz, xamirturush30 000
Namuna: bir partiya tannarxi nimadan iborat.

Bu misolda tannarxning 60 foizi unga to'g'ri keladi, demak un qimmatlashsa, sotuv narxini ham qayta ko'rish kerak. Mehnat haqi faqat tannarxga qo'shiladi, kassa va omborni o'zgartirmaydi. Ustaga berilgan pulni alohida yozasiz: ish haqi hisobi.

Tayyor mahsulotni yozish

  1. Ishlab chiqarish bo'limida + tugmasini bosib, Yangi ishlab chiqarishni tanlang.
  2. Nima tayyorlanadi qatorida mahsulotni tanlang, Qancha tayyorlandi va Brak sonini yozing.
  3. Xomashyo sarfi retsept bo'yicha o'zi to'ldiriladi. Aslida ko'p yoki kam ketgan bo'lsa, shu yerda to'g'rilang.
  4. Saqlashni bosing: xomashyo ombordan chiqadi, yaroqli mahsulot omborga kiradi.

Brak alohida hisoblanadi. 100 ta patir chiqib, 5 tasi kuyib ketsa, omborga 95 tasi kiradi. Ammo xomashyo 100 tasiga sarflangan, shuning uchun tannarx 95 taga bo'linadi: 400 000 ÷ 95 ≈ 4 211 so'm.

Smenada bir necha xil mahsulot tayyorlansa, Bir nechta rejimida ularni bitta formada kiritasiz. Xato yozilgan partiyani Tahrirlash orqali to'g'rilaysiz yoki bekor qilasiz: xomashyo omborga qaytadi, mahsulot chiqib ketadi.

Sexga buyurtma berish

Do'kon egasi sexga topshiriq beradi, ishchi esa bajarib topshiradi. Buyurtma paytida ombor o'zgarmaydi: xomashyo faqat sex tayyorini topshirganda hisobdan chiqadi.

  1. Buyurtma berishNima va qancha kerak
  2. Ishni boshlashIshchi oladi
  3. Tayyorini topshirishAslida qancha chiqdi
  4. Omborga kiradiEgasiga reja va fakt boradi
Sexga buyurtma qanday yuradi.

+ menyusidagi Buyurtma berishda mahsulot va Qancha kerakni yozasiz, ishlab chiqarishga ruxsati bor ishchilarga xabar boradi. Ishchi mini-ilovada Ishni boshlashni, tugagach Tayyorini topshirishni bosadi va aslida qancha chiqqanini yozadi. Sizga reja va fakt bilan xabar keladi. Ruxsat berish uchun tayyor Ishlab chiqaruvchi roli bor: xodimlar va ruxsatlar.

Sex hisoboti

Bo'lim tepasidagi hisobot belgisi Ishlab chiqarish hisobotini ochadi: tanlangan davrda nechta partiya bo'lgani, nima qancha ishlab chiqarilgani va qancha xomashyo sarflangani. Shu raqamni xomashyo kirimi bilan solishtirsangiz, sarf ortib ketganini vaqtida ko'rasiz.

Novvoyxona, qandolatchilik va tikuvchilikda

SohaRetsept namunasiNimaga e'tibor bering
Novvoyxona100 ta non: un, yog', tuz, xamirturushKuygan nonni brak deb yozing
Qandolatchilik30 kg pechenye: un, shakar, yog'Vanil kabi mayda xomashyoni grammda yozing
Tikuvchilik1 ko'ylak: 2 m mato, tugma, ipMato metrda yuritilsa, retseptga santimetrda yozsa ham bo'ladi

Sex hisobini to'g'ri yuritish uchun maslahatlar

  • Retseptni tarozida tekshiring. Bir partiyani o'lchab chiqing, «ko'z bilan» yozilgan norma tez orada haqiqatdan uzoqlashadi.
  • Xomashyo kirimini o'z vaqtida yozing. Yangi narx kiritilmasa, tannarx eski narxda hisoblanadi.
  • Brakni yashirmang. Yozilmagan brak tannarxni past ko'rsatadi va foyda yolg'on chiqadi.
  • Sarf rejadan oshsa, sababini so'rang. Uskuna, xomashyo sifati yoki o'lchov xatosi bo'lishi mumkin.

Ishlab chiqarish Biznes tarifidan boshlab ishlaydi. Yangi foydalanuvchilarning 7 kunlik bepul sinovi ham shu tarifda, shuning uchun sex hisobini oldindan sinab ko'rishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollar

Ishlab chiqarish hisobi qaysi tarifda ishlaydi?

Biznes tarifida va undan yuqorida. Yangi foydalanuvchilar uni 7 kunlik bepul sinovda ishlatib ko'rishi mumkin.

Retseptdan ko'p xomashyo ketsa nima qilaman?

Ishlab chiqarishni yozayotganda Xomashyo sarfi qatorlarini to'g'rilaysiz: ombordan aslida ketgan miqdor chiqadi, retseptning o'zi o'zgarmaydi.

Xomashyoni grammda yozsa bo'ladimi?

Ha. Xomashyo kilogrammda yuritilsa, retseptga grammda, litrda bo'lsa millilitrda, metrda bo'lsa santimetrda yozish mumkin.

Brak tannarxga ta'sir qiladimi?

Ha. Brakka ketgan xomashyo ham sarf, shuning uchun partiya tannarxi faqat yaroqli mahsulotlarga bo'linadi.

Xato yozilgan partiyani o'zgartirsa bo'ladimi?

Ha. Partiyani tahrirlaysiz yoki bekor qilasiz, xomashyo va mahsulot qoldig'i o'zi to'g'rilanadi.