Mundarija
- Do'kon uchun dastur nima qilib berishi kerak
- Telefonda kassa: birinchi sotuvni qanday qilish
- Chegirma va qaytimni qo'lda hisoblamang
- Qarzga sotish va aralash to'lov
- Bir vaqtda bir nechta xaridor: ochiq cheklar
- Qoldiqdan ortiq va tan narxidan arzon sotuvni nazorat qilish
- Daftar va kalkulyatordan farqi
- Sotuvdan keyin: chek va hujjatlar
- Boshlash uchun nima kerak
Do'kon uchun dastur nima qilib berishi kerak
Savdo dasturining asosiy ishi — bitta sotuvni hamma joyga bir marta yozish. Xaridor uchta tovar oldi: ombordan uchtasi kamayishi, pul kerakli kassaga tushishi, qarzga olgan bo'lsa, mijoz hisobiga yozilishi kerak. Daftar va kalkulyator bilan bu ishlarni alohida-alohida qilasiz, shoshilganda bittasi albatta tushib qoladi. Kechqurun kassa to'g'ri kelmasligining sababi ko'pincha shu.
- Ombor qoldig'i
- Kassa
- Mijoz qarzi
- Chek
- Tushum va foyda
Telefonda kassa: birinchi sotuvni qanday qilish
- Asosiy sahifani pastga suring va POS sotuv plitkasini bosing. Ekran to'liq kassaga aylanadi: tepada qidiruv, o'rtada tovarlar, pastda chek.
- Tovarni bosing: u chekka tushadi, yana bossangiz soni ortadi. Kerakli tovarni nomi yoki shtrix-kodi bo'yicha qidiring yoki tepadagi skaner tugmasi bilan telefon kamerasida skanerlang.
- Pastdagi To'lov tugmasini bosing.
- To'lov usulini tanlang: Naqd, Karta, P2P yoki Aralash.
- Naqd bo'lsa, xaridor bergan pulni Olindi qatoriga yozing: Qaytim o'zi chiqadi.
- Rasmiylashtirishni bosing. Qoldiq kamaydi, pul kassaga tushdi, sotuv ro'yxatga yozildi.
Buning uchun tovar katalogda bo'lishi kerak: bir marta kiritasiz, keyin narxi va qoldig'i o'zi turadi. Tovar kiritish va kirim haqida ombor hisobi maqolasida yozganmiz, kodi yo'q tovarga qanday kod berishni shtrix-kod maqolasidan ko'ring. Katalogda yo'q narsani sotmoqchi bo'lsangiz, qidiruv yonidagi + tugmasi O'z qatorini ochadi: nomi va narxini yozasiz, bunday qator omborga ta'sir qilmaydi.
Chegirma va qaytimni qo'lda hisoblamang
To'lov oynasida Chegirma qatori bor: summa yoki foiz yozasiz, jami o'zi kamayadi. Chekdagi tovar narxlari o'zgarmaydi, chegirma jamidan oldin alohida qator bo'lib chiqadi. Shunda xaridor ham, siz ham nimadan qancha tushganini ko'rib turasiz.
Namuna chek
- Un, 10 kg80 000
- Yog', 2 l46 000
- Choy, 1 quti24 000
- Chegirma 5%− 7 500
Jami142 500
Olindi 200 000 · Qaytim 57 500
Foiz bayram aksiyasiga qulay. «Yaxlitlab bering» degan xaridorga esa summa bilan berasiz: 150 000 so'mlik chekka 10 000 so'm chegirma yozsangiz, jami 140 000 bo'ladi. Qaytimni ham xayolda hisoblab o'tirmaysiz: xaridor 200 000 so'm uzatdi, shu raqamni Olindiga yozasiz.
Qarzga sotish va aralash to'lov
Xaridor pulni keyin beradigan bo'lsa, To'lov yonidagi Qarzga tugmasini bosasiz, mijozni tanlaysiz, xohlasangiz To'lov muddatini qo'yasiz. Summa o'sha mijozning qarziga yoziladi va qarz daftarida ko'rinadi: ikkinchi marta yozish kerak emas.
Bitta chekni ikki usulda to'lash ham bo'ladi. Masalan, 142 500 so'mning 100 000 so'mini naqd, 42 500 so'mini karta bilan oldingiz. Aralash yorlig'ida har bir usulga summani yozasiz, Qolganini qo'yish tugmasi bo'sh qatorga qolgan summani o'zi qo'yadi. Har bir qism o'z kassasiga tushadi. Shu yerda Qarzga qatori ham bor: bir qismini olib, qolganini qarzga yozasiz.
Bir vaqtda bir nechta xaridor: ochiq cheklar
Bozor kuni bo'ladigan holat: birinchi xaridor tovarini yig'ib, «hozir kelaman» deb chiqib ketdi, orqada navbat turibdi. Yana chek tugmasi yangi chek ochadi, birinchisi o'chmaydi. Bitta do'konda 40 tagacha chekni ochiq ushlab turish mumkin.
Chek yorlig'ini bosib turib, unga nom berasiz: «5-stol» yoki «Karim aka». Choyxona va oshxonada har stolning o'z cheki turadi, mehmon turganda yopasiz. Cheklar ko'payganda Ochiq cheklar ro'yxatida ism bo'yicha qidirasiz. Bu cheklar shu qurilmada saqlanadi, boshqa telefonda ko'rinmaydi.
Qoldiqdan ortiq va tan narxidan arzon sotuvni nazorat qilish
Do'konda xodim ishlasa, ikki xato qimmatga tushadi: omborda yo'q tovar sotilib ketadi yoki tovar tan narxidan arzonga ketadi. Ikkalasiga qarshi qoida bor. Ular Sozlamalar → Mening do'konlarim → do'koningiz ichida turadi va dastlab o'chiq bo'ladi.
| Qoida | Xodim | Do'kon egasi |
|---|---|---|
| Qoldiqdan ortiq sotmaslik | Omborda yetmasa, sotuv saqlanmaydi | Xuddi shunday: avval kirim qilasiz |
| Tan narxidan arzon sotmaslik | Arzon sota olmaydi | Ilova so'raydi: Baribir sotish |
Tan narxi tekshirilganda chek chegirmasi ham hisobga olinadi: tovarni narxida emas, chegirma bilan arzon berib yuborish ham o'tmaydi. Rad javobida xodimga tan narxi ko'rsatilmaydi. Katalogdan tanlanmagan qatorlar va tan narxi yozilmagan tovarlar tekshirilmaydi, shuning uchun qoida ishlashi uchun tovarlarga tan narxini kiriting.
Daftar va kalkulyatordan farqi
Daftar va kalkulyator
- Narxni yoddan aytasiz
- Qaytimni xayolda sanaysiz
- Kechqurun kassa chiqmaydi
- Qoldiq noma'lum
Telefonda kassa
- Narx tovarda turadi
- Qaytim o'zi chiqadi
- Har sotuvda tushum va foyda
- Qoldiq o'zi kamayadi
Sotuvdan keyin: chek va hujjatlar
Sotuv kartasini ochsangiz, Xaridorga chek, nakladnoy va yuk xati tayyor turadi. Chekni SMS, Telegram yoki WhatsApp orqali yuborasiz yoki Bluetooth printerda chop etasiz. Printerda Sotuvdan keyin darhol chop etish yoqilgan bo'lsa, chek Rasmiylashtirishdan keyin o'zi chiqadi.
Boshlash uchun nima kerak
- Telefon. Android yoki iPhone: sotuvni yozish uchun alohida kompyuter shart emas.
- Tovarlar ro'yxati. Hammasini birdan kiritmang: ko'p sotiladigan 20–30 tovardan boshlang.
- Shtrix-kod skaneri ixtiyoriy: telefon kamerasi ham kodni o'qiydi, kompyuterda esa USB skaner ishlaydi.
- Printer ham ixtiyoriy: chekni xabar qilib yuborsa ham bo'ladi.
POS kassa va sotuvlar Savdo tarifidan boshlab ishlaydi. Yangi foydalanuvchilar ularni 7 kunlik bepul sinov davrida ishlatib ko'rishi mumkin.
Ko'p so'raladigan savollar
Do'kon dasturi bepulmi?
Qarz yozish qismi bepul tarifda ham ishlaydi. POS kassa, sotuvlar va ombor Savdo tarifidan boshlab ochiladi, yangi foydalanuvchilar ularni 7 kun bepul sinab ko'rishi mumkin.
Kassa dasturi uchun kompyuter kerakmi?
Yo'q, telefon yetadi. Xohlasangiz, veb-versiyada kompyuterda ham shunday kassa ochiladi, u yerda USB shtrix-kod skaneri ham ishlaydi.
Internet bo'lmasa sotuv yoziladimi?
Yangi sotuvni saqlash uchun internet kerak. Tarmoq uzilsa, yig'ilgan chek telefonda turadi: internet qaytgach rasmiylashtirasiz.
Bu chek fiskal chek o'rnini bosadimi?
Yo'q. Ilovadagi chek do'kon va xaridor o'rtasidagi hisob uchun. Onlayn nazorat-kassa bo'yicha qanday talab borligini buxgalteringizdan so'rang.
Xodim ham shu kassada sota oladimi?
Ha. Xodim o'z logini bilan mini-ilovaga kirib sotadi. Qarzga sotish va tan narxini ko'rish alohida ruxsatlar, ularni siz berasiz.
Bitta chekda dollar va so'm bo'ladimi?
Ha. Har bir valyutaning jami alohida turadi, ular bir-biriga qo'shilmaydi.