Qarz Daftari Русский Kirish

ChatGPT, Claude va Gemini bilan do'kon hisobini yuritish

5 daqiqa o'qish Tarif: Biznes

ChatGPT do'kon hisobini yuritishda yordam bera oladimi? Qarz Daftari'ga ulasangiz, ha: «Azizga 200 ming qarz yoz» yoki «kimlarning muddati o'tgan?» deb yozasiz, yordamchi o'zi bajaradi. Quyida ChatGPT, Claude va Gemini'ni ulash, unga nimalarni buyurish mumkinligi va hisobingizni qanday himoya qilishni ko'rsatamiz.

Mundarija
  1. Sun'iy intellekt do'kon egasiga nima beradi
  2. AI yordamchini hisobga qanday ulash
  3. ChatGPT'ga ulash
  4. Claude va Gemini'ga ulash
  5. Yordamchiga qancha ruxsat berish kerak
  6. Eski daftarni rasm bilan ko'chirish
  7. AI yordamchi qaysi tarifda ishlaydi

Sun'iy intellekt do'kon egasiga nima beradi

Oddiy ChatGPT faqat gaplashadi: mijozlaringizni ham, qarzlaringizni ham bilmaydi. Qarz Daftari konnektori ulangach, AI yordamchi hisobingizni ko'ra oladi va siz aytgan ishni ilovaga yozadi. Kerakli ekranni qidirib o'tirmaysiz, bitta gap yozasiz. Ayniqsa mijoz oldingizda turganda yoki bozorda qo'lingiz band bo'lganda qulay.

Siz yozasizYordamchi nima qiladi
«Azizga bugun 250 ming qarz yoz, 10-oktabrgacha qaytaradi»Qarz va qaytarish muddatini yozadi
«Bobur 100 ming to'ladi, kartadan»To'lovni yozadi, yangi qoldiqni aytadi
«Kimlarning muddati o'tgan? Eng kattalarini ko'rsat»Kechikkanlar ro'yxatini tuzadi
«Shu oyda qancha qarz berdim, qanchasi qaytdi?»Oy bo'yicha hisoblab beradi
«5 kg guruch sotdim, naqd»Sotuv yozadi: ombor kamayadi, pul kassaga tushadi
«Muddati o'tganlarga SMS eslatma yubor»Avval kimga ketishini ko'rsatadi, «ha»dan keyin yuboradi

«Kimning muddati o'tgan?»

  • Karim aka Kechikdi 450 000 12 kun
  • Dilnoza opa Kechikdi 300 000 5 kun
  • Sardor aka Kechikdi 150 000 2 kun

Jami kechikkan900 000

Namuna: yordamchi kechikkanlarni summasi bilan sanab beradi.

AI yordamchini hisobga qanday ulash

Ulash uchun bitta manzil kerak: qarzapp.uz/mcp. Uni ilovada Sozlamalar → AI yordamchi kartasidan olasiz: Nusxa olish tugmasi manzilni to'liq ko'rinishda nusxalaydi. Bu ish bir marta qilinadi.

  1. Manzilni olingSozlamalar, AI yordamchi
  2. Yordamchiga qo'shingChatGPT, Claude, Gemini
  3. Raqam bilan kiringSMS yoki email kodi
  4. Ruxsat beringDarajani tanlaysiz
Ulanish tartibi: to'rt qadam, bir marta qilinadi.
Qarz Daftari sozlamalaridagi AI yordamchi kartasi: ChatGPT, Claude, Gemini va qarzapp.uz/mcp manzili
AI yordamchi kartasi: manzil va Nusxa olish tugmasi.
AI yordamchi konnektori manzili nusxalandi, Yo'riqnoma va Ulangan yordamchilar tugmalari
Manzil nusxalandi, endi yordamchiga qo'yasiz.
Video dars 27 Sun'iy intellekt yordamchisi Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish

ChatGPT'ga ulash

  1. ChatGPT'da Settings → Apps bo'limiga kiring va Developer mode ni yoqing.
  2. Create ni bosing. Nomi: Qarz Daftar, URL: nusxalangan manzil, Authentication: OAuth.
  3. Ochilgan oynada ilovadagi raqamingiz bilan kiring va kelgan kodni yozing.
  4. Ruxsat darajasini tanlab, Ruxsat berish ni bosing.
  5. Chatda + ni bosib, Qarz Daftar'ni tanlang va yozavering.

Developer mode ChatGPT'ning Plus, Pro, Business va Enterprise tariflarida bor.

Claude va Gemini'ga ulash

Claudeda: Settings → Connectors → Add custom connector. Nomi Qarz Daftar, URL o'sha manzil. Connect ni bosasiz, raqamingiz bilan kirib ruxsat berasiz. Claude sayti, kompyuter dasturi va telefon ilovasida ishlaydi.

Geminida yo'l texnikroq: Gemini CLI dasturiga manzilni MCP server sifatida qo'shib, /mcp auth qarzdaftar buyrug'ini berasiz. Oddiy Gemini ilovasida esa akkauntingizda o'z MCP ulanishlari ochiq bo'lsagina Connected apps orqali qo'shiladi.

Yordamchiga qancha ruxsat berish kerak

Ulanayotganda uchta darajadan birini tanlaysiz. Keyin ham uni Ulangan yordamchilar ichida o'zgartirsa bo'ladi.

DarajaNima qila oladi
To'liq ruxsatO'qish, yozish va o'chirish
O'chirishsizO'qish va yozish, o'chirish mumkin emas
Faqat o'qishFaqat ko'radi, hech narsa yozmaydi

Boshida Faqat o'qish bilan sinab ko'ring: hisobot va ro'yxatlarni so'rab, qanchalik to'g'ri javob berishini ko'rasiz. Ko'nglingiz to'lsa, darajani oshirasiz.

  • O'chirish va SMS faqat tasdiq bilan. Yordamchi avval nima qilmoqchi ekanini aytadi, «ha» deganingizdan keyin bajaradi. O'chirilgan yozuvni 30 kun ichida qaytarish mumkin.
  • Pul o'tkaza olmaydi. U faqat hisobga yozadi, kartangiz yoki bankingizga kira olmaydi. Lekin SMS eslatmani haqiqatan yuboradi va u paketingizdan yechiladi.
  • Ma'lumot tanlagan xizmatingizga boradi. Yordamchi so'ralgan narsani, masalan mijoz kartasini oladi, o'sha AI xizmati uni o'z shartlari bo'yicha qayta ishlaydi.
  • Istalgan payt uzasiz. Ulangan yordamchilar ichidagi Uzish tugmasi yordamchini hisobingizdan darhol chiqaradi.
  • Javobni tekshiring. AI ba'zan ismni adashtiradi: ikkita Azizingiz bo'lsa, qaysi biri ekanini ayting va yozilgan summaga qarab qo'ying.

IMEI bilan yuritiladigan telefonlarni yordamchi sotmaydi, ularni ilovaning o'zida sotasiz.

Eski daftarni rasm bilan ko'chirish

Qog'oz daftardagi nasiyani bittalab kiritish kunlarni oladi. Yordamchiga daftar sahifasining rasmini yuborib, «shartnomalarni ilovaga ko'chir» deb yozasiz: u bir yo'la 30 tagacha shartnomani ko'chiradi, bazada yo'q mijozni o'zi qo'shadi. Narxnoma yoki nakladnoy rasmidan esa bir yo'la 50 tagacha tovar kiritadi.

Qo'lyozma raqamni u ham adashtirishi mumkin, shuning uchun avval o'qiganini ko'rsatishni so'rang. Qarzdorlar ro'yxati jadvalda bo'lsa, Excel'dan yuklash tezroq.

AI yordamchi qaysi tarifda ishlaydi

Konnektor Biznes va undan yuqori tariflarga kiradi. Har bir hisob uni bir marta 7 kun bepul sinab ko'rishi mumkin: ilovada Sozlamalar → AI yordamchi bo'limida yoki ulanish oynasining o'zida. Sinov paytida yordamchi hozirgi tarifingizdagi bo'limlar bilan ishlaydi: tovar va nasiya uchun Savdo, hisobot va xarajatlar uchun Start kerak. ChatGPT yoki Claude obunasi esa alohida, u o'sha xizmatning o'z to'lovi.

AI yordamchi Biznes tarifidan boshlab ishlaydi. Bir marta 7 kun bepul sinab ko'rish mumkin.

Ko'p so'raladigan savollar

AI yordamchi qaysi tarifda ishlaydi?

Biznes va undan yuqori tariflarda. Har bir hisob uni bir marta 7 kun bepul sinab ko'rishi mumkin.

ChatGPT'ning pullik obunasi kerakmi?

ChatGPT'ga o'zingiz ulash uchun Developer mode kerak, u Plus, Pro, Business va Enterprise tariflarida bor.

O'zbek tilida yozsam tushunadimi?

Ha. O'zbek yoki rus tilida oddiy gap bilan yozasiz, «200 ming», «1,5 mln» kabi summalarni ham tushunadi va javobni shu tilda beradi.

Yordamchi xato yozsa nima qilaman?

Unga aytib tuzattirasiz yoki yozuvni ilovada o'zingiz to'g'rilaysiz. O'chirilgan yozuvlarni 30 kun ichida qaytarish mumkin.

Yordamchi hisobimga mensiz kira oladimi?

Yo'q. Ulanish faqat siz o'z raqamingiz bilan kirib, Ruxsat berish tugmasini bosganingizda ochiladi va istalgan payt Uzish tugmasi bilan yopiladi.