Qarz Daftari Русский Kirish

Inventarizatsiya o'tkazish tartibi: do'konda tovar sanash

5 daqiqa o'qish Tarif: Savdo

Inventarizatsiya o'tkazish tartibi to'rt bosqichdan iborat: tayyorgarlik, sanash, farqni topish va qoldiqni to'g'rilash. Hisobda 120 dona turibdi, javonda esa 112 ta: bu farqni faqat sanash ko'rsatadi. Do'konda inventarizatsiyani qachon va qanday qilish, kamomadni telefonda qanday topib tuzatishni ko'rsatamiz.

Mundarija
  1. Inventarizatsiya nima?
  2. Qachon inventarizatsiya qilish kerak?
  3. Sanashdan oldin tayyorgarlik
  4. Telefonda inventarizatsiya qilish
  5. Sanash paytida nimalarga e'tibor berish kerak
  6. Natija: kamomad va ortiqcha
  7. Kamomad nimadan chiqadi
  8. Oziq-ovqat, kiyim va telefon do'konida sanash

Inventarizatsiya nima?

Inventarizatsiya — do'kondagi tovarni qo'lda sanab, hisobdagi qoldiq bilan solishtirish. Hisob qancha to'g'ri yuritilmasin, vaqt o'tib javondagi son undan farq qila boshlaydi: kimdir chekni yozmay sotgan, kelgan tovar kirim qilinmagan, bir quti singan, o'xshash ikki tovar almashib ketgan.

Sanash shu farqni ko'rsatadi va uni pulga aylantiradi. Natijada qancha kamomad borligini aniq bilasiz, keyingi buyurtma va sotuv esa haqiqiy qoldiqqa tayanadi. Hisobni endi boshlayotgan bo'lsangiz, avval ombor hisobi haqida o'qing.

  1. TayyorgarlikHujjatlarni yozib tugating
  2. SanashJavonma-javon, kategoriya bilan
  3. Farqni topishHisobda va haqiqatda
  4. To'g'rilashQoldiq sanalgan songa o'tadi
Inventarizatsiyaning to'rt bosqichi.

Qachon inventarizatsiya qilish kerak?

Yagona qoida yo'q, hammasi tovaringiz va aylanmangizga bog'liq. Mo'ljal sifatida shu jadvaldan foydalaning:

HolatQachon sanash kerak
Oziq-ovqat do'koniOyda bir marta
Kiyim va poyabzalMavsum boshida va oxirida
Qimmat yoki mayda tovarHaftada bir marta, tanlab
Sotuvchi almashgandaHar safar, ishni topshirishda
Kamomad sezilgandaO'sha kuni, shu kategoriyani

Sanashdan oldin tayyorgarlik

Tayyorgarliksiz sanash ikki marta ish: farq chiqadi, lekin uning yarmi shunchaki yozilmagan hujjat bo'lib chiqadi.

  1. Hamma kirim va sotuvni yozib tugating. Kelgan, lekin kiritilmagan nakladnoy keyin yolg'on kamomad bo'lib ko'rinadi.
  2. Buzilgan va muddati o'tgan tovarni avval hisobdan chiqaring. Sabab bilan yozilsa, u kamomadga aralashmaydi.
  3. Javonni tartiblang. Bir xil tovarni bir joyga yig'ing, yorlig'i yo'qlarini ajratib qo'ying.
  4. Tinch vaqt tanlang. Do'kon ochilishidan oldin yoki yopilgandan keyin sanash qulay.
  5. Ishni bo'lib oling. Kim qaysi javon yoki kategoriyani sanashini oldindan kelishing.
Video dars 13 Ombor qoldig'i va hisobdan chiqarish Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Ombor qoldig'i ro'yxati: inventarizatsiyadan oldin har bir mahsulotning soni va summasi
Sanashdan oldin qoldiq ro'yxatini ko'rib chiqing.
Tovarni hisobdan chiqarish: sabab, tovar, soni va zarar summasi
Singan va buzilganni avval sabab bilan chiqaring.

Telefonda inventarizatsiya qilish

  1. Ombor · kirim bo'limida Inventarizatsiyani oching va Yangi inventarizatsiyani bosing.
  2. Barcha tovarlarni yoki bitta kategoriyani tanlab, Boshlashni bosing.
  3. Har bir tovar qatorida Hisobda turgan son ko'rinadi. Haqiqatda maydoniga sanaganingizni yozing yoki kamera bilan skanerlang: har skanerlash bitta dona qo'shadi.
  4. Sanalmagan yorlig'i qolgan tovarlarni, Farqi bor yorlig'i esa farq chiqqanlarini ko'rsatadi.
  5. Tugagach, Yakunlashni bosing. Sanalgan tovarlar qoldig'i siz yozgan songa o'zgaradi, sanalmaganlari o'z holicha qoladi.

Shtrix-kodi bor tovarni skanerlab sanash ancha tez. Kodi yo'q tovarlarga oldindan yorliq chiqarib qo'ysangiz, keyingi sanash ham osonlashadi.

Sanash paytida nimalarga e'tibor berish kerak

  • To'xtatib, keyin davom etish mumkin. Inventarizatsiya qoralama bo'lib saqlanadi: bugun yarmini sanab, ertaga yoki boshqa telefondan davom etasiz.
  • Ikki telefon birga sanay oladi. Bitta hisobga kirgan ikki kishi bir javonni skanerlasa ham donalar yo'qolmaydi.
  • Yakunlanmaguncha qoldiq o'zgarmaydi. Bu vaqtda savdo to'xtamaydi, Hisobda turgan son esa sotuv bilan kamayib boradi.
  • Sanagandan keyin sotilgan tovarni qayta sanang. Yakunlashda qoldiq siz yozgan songa teng bo'ladi, shuning uchun sanab bo'lgan tovaringizdan sotilsa, u ortiqcha bo'lib ko'rinadi.

Natija: kamomad va ortiqcha

Yakunlangandan keyin farqlar pulda ko'rinadi: Kamomad va Ortiqcha tovarning tan narxi bo'yicha, har valyuta alohida hisoblanadi. Masalan, to'rtta tovarni sanadingiz:

Tovar, tan narxiHisobdaHaqiqatdaFarqSumma
Choy, 25 0004038−2−50 000
Shakar, 12 00010010000
Yog', 30 0006062+2+60 000
Sovun, 5 0002420−4−20 000

Inventarizatsiya natijasi

  • Sanaldi4 ta tovar
  • Farqi bor3 ta
  • Kamomad− 70 000
  • Ortiqcha+ 60 000

Umumiy farq− 10 000

− 50 000 − 20 000 + 60 000 = − 10 000 so'm

Inventarizatsiya natijasi (namuna).

Yakunlangan hujjatni PDF qilib saqlash va ulashish mumkin, unda farq chiqqan tovarlar birinchi turadi. Uni keyin tahrirlab yoki o'chirib bo'lmaydi: qoldiq nima uchun o'zgargani hisobda iz bo'lib qoladi.

Kamomad nimadan chiqadi

  • Almashib ketgan tovar. Bir tovar ortiqcha, o'xshashi kam chiqsa, ko'pincha chekda biri o'rniga ikkinchisi yozilgan bo'ladi.
  • Yozilmagan kirim. Tovar ortiqcha chiqsa, kelgan partiya kirim qilinmagan bo'lishi mumkin.
  • Yozilmagan chiqim. Uyga olingan yoki singan tovar hisobdan chiqarilmagan.
  • Pachka va dona aralashgan. Kirimda pachka, sotuvda dona yozilsa, son chalkashib ketadi.
  • O'g'irlik. Kamomad bir xil tovarda yoki bir sotuvchining smenasida takrorlansa, shunga e'tibor bering.

Xodimga darrov ayb qo'ymang: avval chek va kirimlarni tekshiring. Ko'pincha farq hujjatdagi oddiy xatodan chiqadi.

Oziq-ovqat, kiyim va telefon do'konida sanash

  • Oziq-ovqat. Tarozida sotiladigan tovarni kasr bilan yozing, masalan 12,5 kg. Sanash asnosida yaroqlilik muddatini ham ko'rib chiqing.
  • Kiyim va poyabzal. Har bir o'lcham va rang alohida qator bo'lib sanaladi: o'lcham va rang hisobi.
  • Telefon va texnika. IMEI bilan yuritiladigan tovarlar inventarizatsiyaga kirmaydi, ularni alohida IMEI ro'yxati bo'yicha tekshirasiz.

Inventarizatsiya Savdo tarifidan boshlab ishlaydi va faqat do'kon egasiga ochiq: xodimning mini-ilovasida bu bo'lim yo'q. Yangi foydalanuvchilar uni 7 kunlik bepul sinovda ishlatib ko'rishi mumkin.

Ko'p so'raladigan savollar

Inventarizatsiya paytida do'konni yopish kerakmi?

Shart emas, savdo davom etaveradi. Lekin sanab bo'lgan tovaringizdan sotilsa, o'sha tovarni qayta sanang, aks holda qoldiq ortiqcha chiqadi. Imkon bo'lsa, ish vaqtidan tashqari sanang.

Hamma tovarni bir kunda sanash shartmi?

Yo'q. Bitta kategoriyani tanlab sanashingiz, to'xtatib keyin davom etishingiz mumkin. Sanalmagan tovarlarning qoldig'i o'zgarmaydi.

Yakunlangan inventarizatsiyani o'zgartirsa bo'ladimi?

Yo'q, u o'zgartirilmaydi va o'chirilmaydi. Xato bo'lsa, shu tovarlarni yangi inventarizatsiyada qayta sanaysiz. Yakunlanmagan qoralamani esa o'chirish mumkin, bunda qoldiqlar o'zgarmaydi.

Kamomad qaysi narxda hisoblanadi?

Tovarning tan narxi bo'yicha. So'm va dollardagi tovarlar alohida hisoblanadi.

Xodim inventarizatsiya qila oladimi?

Bu bo'lim faqat do'kon egasiga ochiq. Xodimlar javonni sanab, sonlarni sizga aytib turishi mumkin.