Qarz Daftari Русский Kirish

Kirim-chiqim daftari: kassa hisobini telefonda yuritish

6 daqiqa o'qish Tarif: Start

Kirim chiqim daftari do'konda uchta savolga javob beradi: bugun qancha pul kirdi, qancha chiqdi va qutida qancha qolishi kerak. Naqd, karta va P2P aralashib ketganda bu raqamlarni qog'ozda ushlab turish qiyin. Kassani telefonda yuritish, pulni kassalarga ajratish va kun oxirida qoldiqni tekshirishni ilovaning haqiqiy ekranlari bilan ko'rsatamiz.

Mundarija
  1. Kirim-chiqim hisobi nimaga kerak
  2. Naqd, karta va P2P uchun alohida kassa
  3. Qaysi pul kassaga o'zi tushadi
  4. Kassaga kirim va chiqimni qo'lda yozish
  5. Kassalar o'rtasida pul o'tkazish
  6. Kun oxirida kassani qanday tekshirish kerak

Kirim-chiqim hisobi nimaga kerak

Kechqurun qutini sanaysiz, 300 ming so'm kam chiqadi. Kimga berildi, nimaga ketdi, esga tushmaydi. Har bir chiqimni daftarga yozib borsangiz ham, karta va P2P pullari boshqa yo'l bilan yuradi va umumiy rasm ko'rinmaydi.

Kassa hisobi bitta oddiy formulaga tayanadi: kun boshidagi qoldiq + kirim − chiqim = qutida turishi kerak bo'lgan pul. Ekrandagi raqam bilan qutidagi pul bir xil chiqsa, kun to'g'ri yopilgan bo'ladi.

Bir kunlik kassa

  • Kun boshida1 200 000
  • Sotuvdan+ 3 500 000
  • Qarz to'lovlari+ 800 000
  • Xarajatlar− 450 000
  • Yetkazib beruvchiga− 2 000 000

Kun oxirida3 050 000

1 200 000 + 4 300 000 − 2 450 000 = 3 050 000

Kun hisobi namunasi: qoldiqqa kirim qo'shiladi, chiqim ayriladi.

Naqd, karta va P2P uchun alohida kassa

Qutidagi naqd bilan kartaga tushgan pul ikki xil pul. Ularni bitta raqamda yuritsangiz, qutini sanaganda hisob hech qachon to'g'ri chiqmaydi. Ilovada har bir pul turi uchun alohida kassa ochasiz: Asosiy kassa, Karta, P2P, terminal yoki ikkinchi smena.

  1. Bosh sahifada Kassani oching va Kassa qo'shishni bosing.
  2. Nomini yozing, masalan «Terminal», va Qo'shishni bosing.
  3. Kassa ichida tishli g'ildirak belgisini bosib, Kassa sozlamalarini oching.
  4. Qaysi to'lovlar shu yerga tushadi ro'yxatida kerakli usulni yoqing: Naqd, Karta, P2P yoki O'tkazma.
  5. Saqlashni bosing.

Shundan keyin shu usulda kelgan qarz to'lovi, sotuv va nasiya puli o'zi shu kassaga tushadi. Bitta to'lov usuli faqat bitta kassaga tegishli bo'ladi. Naqd pulga belgi qo'yilmagan bo'lsa, u asosiy kassaga tushadi.

Start tarifida kassa bitta. Karta va P2P puli ham ko'rinib turishi uchun ularni shu kassa sozlamalarida belgilab qo'ying, aks holda naqdsiz to'lov kassaga tushmaydi.

Video dars 45 Yangi kassa qo'shish Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Qarz Daftari ilovasida kassalar ro'yxati: asosiy kassa, ikkinchi kassa, karta va P2P kassalari, kassa qo'shish tugmasi
Har bir pul turi o'z kassasida turadi.
Kassa sozlamalari: qaysi to'lovlar shu yerga tushadi, naqd, karta, P2P va o'tkazma tugmachalari
Kassaga qaysi to'lovlar tushishini belgilaysiz.

Qaysi pul kassaga o'zi tushadi

Har bir amalni ikki joyga yozish shart emas. Ilovaning boshqa bo'limlari kassani o'zi to'ldirib boradi, siz faqat to'lov usulini to'g'ri tanlaysiz.

AmalKassaga ta'siri
SotuvTo'langan summa o'z usuli kassasiga kirim bo'ladi
Qarz to'loviKirim bo'ladi, do'kon sozlamalarida Qaytgan qarzlar kassaga tushsin yoqilgan bo'lsa
Nasiya to'loviKirim bo'ladi
XarajatNaqd, karta yoki P2P bo'lsa, chiqim bo'ladi
Yetkazib beruvchiga to'lovChiqim bo'ladi
Xodimga oylik yoki avansXarajat orqali chiqim bo'ladi
Boshqa usuliKassaga tegmaydi: masalan, tovar bilan hisob-kitob

Kassaga kirim va chiqimni qo'lda yozish

Ba'zi pul hech qaysi bo'limdan o'tmaydi: ertalab qutiga mayda pul qo'ydingiz yoki kunlik tushumni uyga olib ketdingiz. Bunday pulni kassaning o'zida yozasiz.

  1. Kassani oching va pastdagi Kirim yoki Chiqim tugmasini bosing.
  2. Summani yozing va valyutani tanlang.
  3. Pul aynan bir mijozga tegishli bo'lsa, Mijoz (ixtiyoriy) qatoridan uni tanlang: kirim uning to'lovi bo'ladi, chiqim esa unga berilgan pul sifatida qarziga qo'shiladi.
  4. Kategoriya va izoh qo'shing. Pul boshqa kuni olingan bo'lsa, sanani ham o'zgartiring.
  5. Kerak bo'lsa chek rasmi yoki ovozli xabar biriktirib, Saqlashni bosing.

Ijara, svet yoki transport kabi do'kon xarajatini esa Xarajatlar bo'limidan yozing: summa kassadan baribir chiqadi, ustiga xarajatlar hisobida kategoriyasi bilan ko'rinadi. Kassadagi Chiqim tugmasi xarajatlar ro'yxatiga tushmaydi.

Video dars 9 Kassa Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Kassa ekrani: kassa balansi, davr boshidagi qoldiq, kirim va chiqim summalari, kunlar bo'yicha yozuvlar
Balans = davr boshidagi qoldiq + kirim − chiqim.

Kassalar o'rtasida pul o'tkazish

P2P'ga tushgan pulni naqdga chiqardingiz yoki smena pulini asosiy kassaga topshirdingiz. Buni chiqim va kirim qilib yozsangiz, do'kon aylanmasi sun'iy ko'payib ketadi. Buning uchun kassalar ro'yxati ostida Kassalar o'rtasida o'tkazish tugmasi bor: Qayerdan, Qayerga, summa va valyutani tanlab, Saqlashni bosasiz.

O'tkazma do'konning umumiy kirim-chiqimiga qo'shilmaydi, pul faqat bir kassadan boshqasiga o'tadi. So'm so'mligicha, dollar dollarligicha o'tkaziladi. Dollar va so'm hisobi haqida alohida yozganmiz.

Video dars 25 Kassalar o'rtasida pul o'tkazish Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Kassalar o'rtasida o'tkazish oynasi: qayerdan, qayerga, summa, so'm yoki dollar va izoh
O'tkazma foyda ham, xarajat ham emas: pul joyini o'zgartiradi.

Kun oxirida kassani qanday tekshirish kerak

  1. Qutini sanangNaqd pulni qo'lda
  2. Balansga qarangKun bo'yicha
  3. Farqni topingYozilmagan amal bormi
  4. Hisobot olingImzo bilan PDF
Kassani yopishning to'rt qadami.

Kassa ichida davrni tanlaysiz: Kun, 7 kun, Oy, O'tgan oy, Butun davr yoki O'z davri. Kassa balansi shu davr oxirida kassada turgan pulni, oldingi oylardan qolgani bilan birga, ko'rsatadi. Davr boshida esa davr boshlanishidagi qoldiq. Qutidagi pul balansdan farq qilsa, sabab odatda shulardan biri:

  • xarajat yoki chiqim yozilmay qolgan;
  • to'lov Boshqa usulida yozilgan, u kassaga tushmaydi;
  • karta yoki P2P puli boshqa kassada turibdi;
  • do'kon sozlamalarida Qaytgan qarzlar kassaga tushsin o'chirilgan;
  • kassadagi yozuv qo'lda o'chirib yuborilgan.

Smena topshirganda yoki oy yakunida kassa ichidagi printer belgisi Kassa hisobotini ochadi. Unda davr boshidagi qoldiq, kirim, chiqim, davr natijasi va oxirgi qoldiq turadi, pastida kassir va rahbar uchun imzo joyi bor. Hisobot PDF bo'lib chiqadi: chop etasiz yoki yuborasiz. Kassadagi pul nima uchun foydaga teng emasligini do'kon foydasini hisoblash maqolasida tushuntirganmiz.

Kassa Start tarifidan ishlaydi: Startda 1 ta, Savdoda 3 ta kassa, Biznes va undan yuqorida kassalar soni cheklanmagan. Yangi foydalanuvchilar uni 7 kunlik bepul sinov davrida ishlatib ko'rishi mumkin.

Ko'p so'raladigan savollar

Kirim chiqim daftarini telefonda yuritsa bo'ladimi?

Ha. Qarz Daftari ilovasining Kassa bo'limida kirim va chiqim yoziladi, qoldiq o'zi hisoblanadi. Sotuv, qarz to'lovi va xarajatlar kassaga o'zi tushadi.

Nechta kassa ochish mumkin?

Start tarifida bitta, Savdo tarifida uchta, Biznes va undan yuqorida cheklovsiz.

Karta orqali kelgan pul qaysi kassaga tushadi?

Sozlamalarida Karta belgilangan kassaga. Hech qaysi kassada belgilanmagan bo'lsa va tarif imkon bersa, birinchi karta to'lovida «Karta» nomli kassa o'zi ochiladi.

Kassalar o'rtasidagi o'tkazma hisobotga ta'sir qiladimi?

Yo'q. O'tkazma do'konning kirim va chiqimiga qo'shilmaydi, faqat ikki kassaning qoldig'ini o'zgartiradi.

Kassa nega qutidagi pulga to'g'ri kelmayapti?

Ko'pincha xarajat yozilmay qolgan yoki to'lov Boshqa usulida kiritilgan bo'ladi. Karta va P2P pullari alohida kassada turganini ham tekshiring.

Kassa hisobotini chop etsa bo'ladimi?

Ha. Kassa ichidagi printer belgisi tanlangan davr uchun PDF hisobot chiqaradi: qoldiqlar, kirim, chiqim va imzo joylari bilan.