Qarz Daftari Русский Kirish

Ma'lumotlar xavfsizligi: PIN-kod, nusxa va oflayn baza

6 daqiqa o'qish Tarif: Bepul

Ma'lumotlar xavfsizligi do'konda oddiy savollardan boshlanadi: telefon yo'qolsa, internet uzilsa yoki kimdir adashib mijozni o'chirib yuborsa, qarz daftaringiz nima bo'ladi? Ilovada har bir holat uchun alohida himoya bor: PIN-kod, oflayn baza, to'liq zaxira nusxa va o'chirilganni qaytarish. Har biri nima qiladi va nimani qilmaydi, shuni aniq ko'rsatamiz.

Mundarija
  1. To'rt xavf va to'rt himoya
  2. Ilovaga PIN-kod qo'yish
  3. Telefon yo'qolsa nima qilish kerak
  4. Oflayn baza: internet bo'lmaganda nima qiladi
  5. Zaxira nusxa: bazaning to'liq arxivi
  6. O'chirilgan yozuvni qanday qaytarish mumkin
  7. Serverdagi ma'lumotlar qanday saqlanadi
  8. Hisobingizni himoya qilish uchun qisqa ro'yxat

To'rt xavf va to'rt himoya

Qog'oz daftar suvga tushsa yoki yo'qolsa, hisob ham ketadi. Ilovada yozuvlar telefonda emas, serverda saqlanadi, lekin bu hali hamma xavfni yopmaydi. Avval qaysi holatga nima javob berishini ko'rib oling.

Nima bo'lishi mumkinHimoyaQayerda
Telefon begona qo'lga tushdiPIN-kod, Face ID, faol seanslarXavfsizlik, Sozlamalar
Internet yoki server ishlamayaptiOflayn baza, faqat ko'rish uchunSozlamalar
Telefon yo'qoldi yoki buzildiServerdagi hisob va ZIP arxivBazani yuklab olish
Adashib o'chirib yubordingiz30 kun ichida qaytarishYaqinda o'chirilganlar

Ilovaga PIN-kod qo'yish

Telefon do'konda peshtaxta ustida qoladi, bolalar o'ynaydi, sotuvchi qo'liga oladi. PIN-kod ilovani ochishda kod so'raydi, shunda qarzlar va kassani begona odam ko'rmaydi.

  1. Yon menyuni oching va Xavfsizlikni tanlang.
  2. PIN-kod tugmachasini yoqing.
  3. 4 raqamli kod o'ylab toping va uni takrorlang.
  4. Telefoningiz qo'llasa, pastda chiqqan Face ID yoki barmoq izini ham yoqing.

Kod har bir qurilmada alohida qo'yiladi: telefondagi PIN-kod boshqa telefonga yoki kompyuterdagi veb-versiyaga o'tmaydi. Veb-versiyada o'z kodi bor va u belgilangan tanaffusdan keyin ekranni o'zi qulflaydi.

Video dars 35 Ilovani PIN-kod bilan himoyalash Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Qarz Daftari ilovasining Xavfsizlik bo'limi: PIN-kod yoqilgan, Kodni o'zgartirish tugmasi
PIN-kod bir tugma bilan yoqiladi.

Telefon yo'qolsa nima qilish kerak

Qarzlaringiz telefonda emas, serverda turadi. Yangi telefon yoki kompyuterdan hisobingizga kirsangiz, hamma yozuv joyida bo'ladi. Muhimi, yo'qolgan telefonni hisobdan tezroq chiqarish.

  1. Boshqa qurilmadan kiringTelefon yoki kompyuter
  2. Faol seanslarni ochingSozlamalar ichida
  3. Eski telefonni chiqaringTugatish tugmasi
  4. Nusxa olingYangi ZIP arxiv
Telefon yo'qolganda qilinadigan to'rt ish.

Faol seanslarda hisobingiz qayerda ochiq ekani ko'rinadi: telefonlar, brauzerlar va Telegram. Notanish qurilmani Tugatish tugmasi bilan chiqarib yuborasiz, u hisobdan darhol chiqadi. Boshqa barcha seanslarni tugatish esa bir bosishda hammasini yopadi.

Oflayn baza: internet bo'lmaganda nima qiladi

Oflayn baza yozuvlaringizning telefondagi nusxasi. Internet uzilganda yoki server javob bermaganda ham mijozlar, qarzlar, kassa, nasiya, mahsulotlar va sotuvlarni rasm va ovozli xabarlari bilan ochib ko'rasiz. U Sozlamalar → Oflayn bazada turadi, aloqa uzilganda esa ekranda chiqqan ogohlantirishdan ham ochiladi.

Oflayn baza faqat ko'rish uchun. Internetsiz unga yangi qarz yoki to'lov yozib bo'lmaydi, undagi hech narsa serverga bormaydi. Aloqa yo'qligida olingan pulni qog'ozga yozib qo'ying va internet kelgach ilovaga kiriting.

  • O'zi yangilanadi. Ilovani internet bor paytda ochganingizda, nusxa 6 soatdan eski bo'lsa, yangisi yuklanadi.
  • Kunlar bo'yicha versiya. Oxirgi 7 yoki 30 kunning nusxasi saqlanadi, kechagi holatni ham ochib ko'rish mumkin.
  • Qancha tarix bor. Qarz va kassa yozuvlari oxirgi 24 oy, sotuvlar oxirgi 12 oy uchun.
  • Trafikni tejaydi. Rasm va ovozli xabarlar mobil internetda 25 MB gacha o'zi yuklanadi, ko'prog'i Wi-Fi'da yoki tugma bilan.
  • Hisobdan chiqsangiz, nusxa o'chadi. Telefon bilan birga u ham yo'qoladi, shuning uchun zaxira nusxaning o'rnini bosmaydi.

Oflayn baza iOS va Android ilovalarida ishlaydi, veb-versiyada yo'q.

Video dars 41 Oflayn baza Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Oflayn baza ekrani: nusxa sanasi, faqat ko'rish belgisi va qarzdorlar ro'yxati internetsiz
Internetsiz ham kim qancha qarzdorligi ko'rinadi.

Zaxira nusxa: bazaning to'liq arxivi

Hisobingizning o'zingizda turadigan mustaqil nusxasi kerak bo'lsa, ZIP arxiv oling. Unda mijozlar, qarzlar, kassa, nasiya, sotuvlar va boshqa yozuvlar Excel jadvalida, qarz rasmlari va ovozli xabarlar esa har bir mijozning o'z papkasida turadi.

  1. Bosh sahifaning tepasidagi Bazani yuklab olishni bosing, u Sozlamalarda ham bor.
  2. ZIP arxivni yuklab olishni tanlang. Rasmlar ko'p bo'lsa, Wi-Fi'da qulayroq.
  3. Tayyor bo'lgach Saqlash yoki yuborish orqali iCloud Drive, Google Drive, kompyuter yoki Telegramga jo'nating.

Nusxani telefonning o'zida emas, boshqa joyda saqlang: telefon yo'qolsa, u ham ketmasin. Bir haftadan beri nusxa olinmagan bo'lsa, bosh sahifada Bazangiz nusxasini saqlang kartochkasi eslatib turadi. Arxiv sizning shaxsiy nusxangiz: uni Excel'da ochib ko'rasiz, lekin ilovaga qaytarib yuklab bo'lmaydi.

Oflayn baza

  • Telefonda turadi
  • O'zi yangilanadi
  • Ilova ichida ochiladi
  • Telefon bilan yo'qoladi

ZIP arxiv

  • Siz tanlagan joyda
  • Qo'lda olinadi
  • Excel va fayllar
  • Telefon yo'qolsa ham qoladi
Ikki xil nusxa: biri kundalik ko'rish uchun, biri saqlab qo'yish uchun.
Video dars 32 Bazaning to'liq nusxasi Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Bazani yuklab olish oynasi: bazaning to'liq arxivi, ZIP arxivni yuklab olish tugmasi
Barcha yozuvlar, rasmlar va ovozli xabarlar bitta faylda.

O'chirilgan yozuvni qanday qaytarish mumkin

Mijozni o'chirsangiz, u bilan birga hamma qarz va to'lovlari ham o'chadi. Shuning uchun o'chirilgan narsa darhol yo'qolmaydi: 30 kun davomida Sozlamalar → Yaqinda o'chirilganlarda turadi. Kerakli yozuvni topib Qaytarishni bosasiz, u barcha bog'langan yozuvlari bilan o'chirilgan paytdagidek qaytadi.

Bu ro'yxatga mijozlar, alohida operatsiyalar va do'konlar tushadi. Butun hisobni o'chirish bundan mustasno: hisob o'chirilsa, bu ro'yxat ham ketadi, shuning uchun bu tugmani o'ylab bosing.

Video dars 29 O'chirilgan yozuvni qaytarish Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Yaqinda o'chirilganlar ro'yxati: o'chirilgan mijozlar va to'lovlar, Qaytarish tugmasi va qolgan kunlar
Har bir yozuv yonida necha kun qolgani yozilgan.

Serverdagi ma'lumotlar qanday saqlanadi

Baza serverda muntazam zaxiralanadi va nusxalari alohida joyda saqlanadi. Qarz rasmlari, ovozli xabarlar va mijozlar suratlari ochiq havola bilan berilmaydi: ularni faqat do'koningizga kirish huquqi bor hisob ochadi.

Hisobingizni himoya qilish uchun qisqa ro'yxat

  • PIN-kodni yoqing, ayniqsa telefon do'konda qoladigan bo'lsa.
  • Xodimga o'z hisobingizni bermang. Har biriga alohida login ochib, faqat kerakli huquqlarni bering.
  • SMS kodni hech kimga aytmang. Shu kod bilan hisobingizga kirish mumkin.
  • Haftada bir marta ZIP arxiv oling va telefondan tashqarida saqlang.
  • Faol seanslarni vaqti-vaqti bilan tekshiring va notanish qurilmani chiqarib yuboring.

Hisobni boshqa ilovadan yoki daftardan endi ko'chirayotgan bo'lsangiz, Excel'dan ko'chirish qo'llanmasi yordam beradi.

PIN-kod, oflayn baza, ZIP arxiv va 30 kunlik qaytarish barcha tariflarda, bepul tarifda ham ishlaydi.

Ko'p so'raladigan savollar

Telefon yo'qolsa, qarzlarim ham yo'qoladimi?

Yo'q. Yozuvlar serverda saqlanadi: yangi qurilmadan hisobingizga kirsangiz, hammasi joyida bo'ladi. Yo'qolgan telefonni Faol seanslardan chiqarib yuboring.

Internet bo'lmasa ilova ishlaydimi?

Oflayn bazada yozuvlarni ko'rasiz, lekin yangi qarz yoki to'lov yozib bo'lmaydi. Yangi yozuvlar uchun internet kerak.

O'chirib yuborgan mijozni qanday qaytaraman?

Sozlamalardagi Yaqinda o'chirilganlar bo'limida 30 kun ichida Qaytarish tugmasini bosing. Mijoz barcha qarz va to'lovlari bilan qaytadi.

ZIP arxivdan hisobni qayta tiklasa bo'ladimi?

Yo'q. Arxiv sizning o'qish uchun nusxangiz: Excel jadvali, rasmlar va ovozli xabarlar. U ilovaga qaytarib yuklanmaydi.

PIN-kod qo'yish pullikmi?

Yo'q. PIN-kod, oflayn baza, ZIP arxiv va o'chirilganni qaytarish barcha tariflarda, bepul tarifda ham ishlaydi.

Zaxira nusxani qayerda saqlagan ma'qul?

Telefondan tashqarida: iCloud Drive, Google Drive, kompyuter yoki Telegramda. Shunda telefon yo'qolsa ham nusxa qoladi.