Mundarija
- Qarz daftari kompyuterda qanday ochiladi
- Telefon va kompyuterda bitta hisob
- Katta ekranda ishlash qanday bo'ladi
- Kompyuter kimga ko'proq foyda beradi
- Kompyuterda kassa: POS sotuv rejimi
- Chek, nakladnoy va yorliqlarni chop etish
- Telefon ilovasi qachon kerak bo'ladi
- Do'kon kompyuterida hisobni himoya qilish
Qarz daftari kompyuterda qanday ochiladi
- Kompyuterda brauzerni (Chrome, Edge yoki boshqasini) oching va manzil qatoriga qarzapp.uz deb yozing.
- Telefon raqamingizni kiriting va Kod olish tugmasini bosing. Hisobingiz email bilan ochilgan bo'lsa, Email yorlig'ini tanlang.
- SMS yoki emailga kelgan 4 xonali kodni yozing, oferta shartiga belgi qo'ying va Kirish ni bosing.
- Telefondagi mijozlar, qarzlar va kassa shu yerda ochiladi. Manzilni brauzer xatcho'piga qo'shib qo'ying: keyingi safar bir bosishda ochasiz.
Manzil esingizdan chiqsa, telefondagi ilovada Sozlamalar → Veb-versiya kartasiga kiring: Nusxalash tugmasi havolani oladi, yonidagi belgi orqali uni o'zingizga yuborasiz.
Telefon va kompyuterda bitta hisob
Yozuvlar telefonning ichida emas, hisobingizda saqlanadi. Shuning uchun sotuvchi kompyuterda chek urib turadi, siz uyda telefonda ko'rasiz, telefonda yozilgan qarz esa kompyuterda ham chiqadi. Hech narsani ko'chirib o'tirmaysiz.
- Telefon ilovasi
- Kompyuter brauzeri
- Telegram ichida
- Xodim kirishi
Katta ekranda ishlash qanday bo'ladi
Chap tomonda menyu turadi: hamma bo'lim Moliya, Savdo va Eslatmalar guruhlariga bo'lingan. Mijozlar, nasiya, sotuvlar, mahsulotlar, yetkazib beruvchilar va xodimlarda ro'yxat chapda ustun bo'lib turadi, tanlangan yozuv o'ngda ochiladi. Yigirmata qarzdorni ko'zdan kechirayotganda har safar ortga qaytmaysiz, ro'yxat joyida qoladi.
Klaviaturada yozish telefondagidan ancha tez: kuniga o'nlab yozuv kiritadigan do'konda buni darrov sezasiz. Uzun jadval, hisobot va statistikani ham katta ekranda o'qish qulayroq.
Kompyuter kimga ko'proq foyda beradi
- Do'konda stol ustida kompyuter turganlar. Sotuv shu yerda o'tadi, skaner va chek printeri bitta joyga ulanadi.
- Optomchilar. Bitta chekda o'nlab tovar bo'lsa, klaviaturada tez yoziladi, nakladnoyni esa A4 varaqqa chiqarasiz.
- Mijozi ko'p do'konlar. Yuzlab qarzdor bo'lsa, ro'yxatni saralash va solishtirish katta ekranda oson.
- Kechqurun hisob qiladiganlar. Kunlik savdo, qarz va kassani bir joyda ko'rib, ertangi ishni rejalashtirasiz.
Qarzdorlar ro'yxati Excel'da turgan bo'lsa, uni ham kompyuterdan yuklash qulay: shablonni yuklab olasiz, to'ldirasiz va faylni tanlaysiz. Bu imkoniyat Savdo tarifidan ishlaydi, tartibi Excel'dan ko'chirish maqolasida yozilgan.
Kompyuterda kassa: POS sotuv rejimi
Do'kondagi kompyuter yoki noutbukni kassaga aylantirish mumkin. Tepadagi POS sotuv tugmasi sotuvni butun ekranga ochadi: bir tomonda mahsulotlar, bir tomonda chek. Kursor doim qidiruv maydonida turadi, shuning uchun USB shtrix-kod skaneri tovarni o'qishi bilan u chekka tushadi.
| Tugma | Nima qiladi |
|---|---|
| F2 | To'lov oynasini ochadi |
| F4 | Qarzga sotadi: mijoz tanlanadi |
| F3 | Ro'yxatda yo'q tovar uchun o'z qatori |
| Esc | Qidiruv maydonini tozalaydi |
Bir vaqtda 40 tagacha ochiq chek ushlab turish mumkin: choyxonada har bir stolga alohida chek ochasiz, mehmon ketayotganda hisob-kitob qilasiz. Chekka sichqonchaning o'ng tugmasi bilan «5-stol» kabi nom berasiz. Ochiq cheklar shu brauzerda saqlanadi, boshqa kompyuterda ko'rinmaydi.
To'lov oynasida Chekni darrov chop etish belgisini qo'ysangiz, har to'lovdan keyin chek chop etishga ketadi. Chegirma, qaytim va to'lov usullari haqida do'kon uchun savdo dasturi maqolasida o'qing.
POS sotuv, mahsulotlar va ombor Savdo tarifidan, kassa va hisobotlar Start tarifidan ishlaydi. Veb-versiyaning o'zi, mijozlar va qarzlar bepul versiyada ham ochiq.
Chek, nakladnoy va yorliqlarni chop etish
Kompyuterga ulangan printer brauzer orqali ishlaydi: chek, nakladnoy yoki boshqa hujjatni ochib, Chop etish ni bosasiz. Shtrix-kodli yorliqlar uchun Yorliqlarni chop etish bo'limi bor. Hisobotni PDF, CSV yoki PNG qilib yuklab olasiz, mijozlar ro'yxatini esa Excel'ga (XLSX) chiqarish mumkin.
Telefon ilovasi qachon kerak bo'ladi
Kompyuterda
- Ko'p yozuv kiritish
- POS va USB skaner
- Katta jadval va hisobot
- A4 hujjat chop etish
Telefonda
- Push xabarnomalar
- Bluetooth printer
- Kontaktdan mijoz olish
- Do'kondan tashqarida ishlash
Brauzerga push xabar kelmaydi, Bluetooth printer va telefon kontaktlaridan mijoz olish ham faqat ilovada. Kompyuterda ishlasangiz, xabarlarni Telegram bot orqali olib turish qulay. Veb-versiya internet bilan ishlaydi: aloqa uzilsa, ochilgan ma'lumot ko'rinib turadi, lekin yangi yozuv yuborilmaydi.
Do'kon kompyuterida hisobni himoya qilish
- PIN-kod qo'ying. Tepadagi qulf belgisi ekranni bir bosishda yopadi, xohlasangiz tanaffusdan keyin o'zi ham qulflanadi. Kod shu brauzerda saqlanadi, telefonda alohida qo'yiladi.
- Sotuvchiga o'z kirishini bering. Xodim Xodim sifatida kirish tugmasidan login va parol bilan kiradi va faqat siz ruxsat bergan bo'limlarni ko'radi.
- Begona kompyuterda ishlagach, hisobdan chiqing. Esdan chiqsa, Faol seanslar ro'yxatidan o'sha kirishni telefoningizdan turib tugatasiz.
Ma'lumotlarni saqlashning boshqa yo'llari haqida ma'lumotlar xavfsizligi maqolasida yozilgan.
Ko'p so'raladigan savollar
Kompyuterga dastur o'rnatish kerakmi?
Yo'q. Brauzerda qarzapp.uz ni ochib, telefondagi raqamingiz bilan kirasiz.
Veb-versiya bepulmi?
Kirish bepul. Bo'limlar tarifingizga qarab ochiladi: kassa va hisobotlar Start, POS sotuv va ombor Savdo tarifidan ishlaydi.
Telefonda yozganim kompyuterda ko'rinadimi?
Ha. Hisob bitta, telefon va kompyuterda ma'lumotlar bir xil.
Internetsiz ishlaydimi?
Yangi yozuv uchun internet kerak. Aloqa uzilsa, oldin ochilgan ma'lumotlar ko'rinib turadi, lekin yozuvlar yuborilmaydi.
Kompyuterga shtrix-kod skanerini ulasa bo'ladimi?
Ha. Oddiy USB skaner klaviatura kabi ishlaydi: POS sotuvda kodni o'qishi bilan tovar chekka tushadi.
Telefon va kompyuterda bir vaqtda ishlasa bo'ladimi?
Ha. Hisob qayerda ochiqligini Faol seanslarda ko'rasiz, keraksiz kirishni shu yerdan tugatasiz.