Qarz Daftari Русский Kirish

Mijozlar uchun Telegram bot: qarz va to'lov xabarnomalari

5 daqiqa o'qish Tarif: Bepul

Telegram bot do'konga ikki tomondan foyda beradi: mijoz qarzini so'rab qo'ng'iroq qilib o'tirmaydi, @qarz24_bot da o'zi ko'radi, sizga esa har kuni kechqurun kun hisoboti keladi. Bot har qanday tarifda bepul ishlaydi va SMS paketini sarflamaydi. Quyida uni ulash, mijozga nimani ko'rsatish va xabarnomalarni sozlashni qadamma-qadam ko'rsatamiz.

Mundarija
  1. Qarz Daftari boti nima qiladi
  2. Telegram botni ulash: do'kon egasi uchun
  3. Qanday xabarnomalar keladi
  4. Kun hisoboti har kuni 21:00 da
  5. Mijozga qarzini Telegramda qanday ko'rsatish
  6. Bot SMS o'rnini bosadimi?

Qarz Daftari boti nima qiladi

@qarz24_bot ni ikki xil odam ishlatadi. Do'kon egasi xodimlar yozgan qarz va to'lovlarni, kun oxirida esa umumiy hisobotni oladi. Mijoz esa qaysi do'konga qancha qarzi borligini va har bir yozuvni shu botda ko'radi. Qog'oz daftarda bo'lmaydigan narsa shu: ikki tomon bitta raqamga qarab turadi.

Do'kon egasiga

  • Xodim yozgan qarz va to'lov
  • Kun hisoboti 21:00 da
  • Kirish kodi botga ham
  • Ilova Telegram ichida

Mijozga

  • Yangi qarz va to'lov xabari
  • Do'konlardagi qarzlari
  • Har yozuvdan keyingi qoldiq
  • Xarid cheki
Bitta bot, ikki xil foydalanuvchi: do'kon egasi va mijoz.

Bu sizning do'koningiz nomidagi bot emas, hamma uchun bitta umumiy bot. Xaridorga tovar sotadigan o'z botingiz kerak bo'lsa, u boshqa xizmat: Telegramda onlayn do'kon.

Telegram botni ulash: do'kon egasi uchun

  1. Ilovada pastdagi Sozlamalar bo'limini oching va Telegram bot kartasigacha tushing.
  2. Botni ulash tugmasini bosing: Telegramda @qarz24_bot ochiladi.
  3. Start ni bosing. Bot hisobingizga ulanganini yozadi, shu bilan ish tamom.
Qarz Daftari sozlamalaridagi Telegram bot kartasi: @qarz24_bot, kun hisoboti va Botni ulash tugmasi
Sozlamalardagi karta: Botni ulash tugmasi shu yerda.
Telegramda ochilgan Qarz daftar BOT sahifasi va START BOT tugmasi
Telegram ochiladi, Start ni bosasiz.
Video dars 28 Telegram bot orqali xabarnomalar Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish

Ulash havolasi 15 daqiqa ishlaydi. Eskirib qolsa, ilovada Botni ulash ni qayta bosing. Keyin uzmoqchi bo'lsangiz, shu kartada Uzish tugmasi chiqadi.

Qanday xabarnomalar keladi

Telefonga push bo'lib keladigan xabarlar botga ham tushadi: xodim yozgan qarz va to'lov, muddati kelgan qarzlar, kam qolgan tovar, buyurtma eslatmasi. Telefon sotuvchida qolgan bo'lsa ham, do'konda nima bo'layotganini Telegramdan ko'rib turasiz.

Bir narsani bilib qo'ying: o'zingiz yozgan yozuv haqida bot sizga xabar bermaydi, chunki buni o'zingiz bilasiz. Shuning uchun u ko'proq xodim ishlaydigan do'konda foyda beradi.

Yana bir qulayligi: SMS kelmay qolsa, ilovaga kirish kodi botga ham keladi. Buning uchun bot oldindan ulangan bo'lishi kerak. Xabar ko'payib ketsa, bot menyusidagi Sozlamalar da bildirishnomalarni va kunlik hisobotni alohida o'chirasiz, tilni ham shu yerda almashtirasiz.

Kun hisoboti har kuni 21:00 da

Kechqurun soat 21:00 da bot shu kun yakunini bitta xabarda yuboradi: qancha qarz yozildi, qancha to'lov olindi, savdo va foyda, ko'p sotilgan tovarlar, kassa kirim-chiqimi, xarajatlar, nasiya to'lovlari. Pastida jami qancha qarz borligi, muddati o'tganlar va ertaga muddati keladigan qarzlar soni turadi. Bir nechta do'koningiz bo'lsa, har biri alohida ko'rsatiladi.

Kun hisoboti namunasi

  • Qarz yozildi, 3 ta850 000
  • To'lov olindi, 5 ta1 200 000
  • Savdo, 14 ta chek4 600 000
  • Kassa kirimi4 950 000
  • Xarajatlar300 000

Sizga qarzdorlar, 18 ta9 400 000

Muddati o'tgan: 4 ta · Ertaga: 2 ta

Kun hisoboti namunasi: bir kunlik yozuvlar bitta xabarda.

Kun davomida yozuv bo'lmasa, hisobot kelmaydi. Kechgacha kutmasdan bilmoqchi bo'lsangiz, botdagi Bugungi hisobot tugmasini bosing.

Mijozga qarzini Telegramda qanday ko'rsatish

Mijoz qarzini botda faqat siz ruxsat bersangiz ko'radi: bu sozlama boshida o'chiq turadi. Yoqish uchun:

  1. Bosh sahifadagi Mening do'konlarim dan do'koningizni oching.
  2. Qarzlarni mijozlarga ko'rsatish ni yoqing.
  3. Ostidagi Mijozga yana ko'rsatilsin ro'yxatida qo'shimcha ma'lumotlarni belgilang.
  4. Mijoz kartasidagi telefon raqami to'g'ri yozilganini tekshiring: bot odamni shu raqamdan taniydi.
  5. Mijozga @qarz24_bot manzilini ayting. U botni ochib, Raqamni yuborish tugmasini bosadi.

Shundan keyin u botdagi Qarzlarim bo'limida do'koningizni ko'radi. Yangi qarz yoki to'lov yozilsa darhol xabar oladi, savdodan keyin esa chek keladi: nima oldi, qancha to'ladi, qarzi qanchadan qanchaga o'zgardi.

Mijoz botda ko'radigan yozuvlar

  • 3 oktabr, qarz 500 000 qoldiq: 500 000
  • 10 oktabr, to'lov 200 000 qoldiq: 300 000
  • 17 oktabr, qarz 150 000 qoldiq: 450 000

Hozirgi qarz450 000

Namuna: har bir yozuvdan keyin qolgan qarz ko'rinadi.
Mijoz nimani ko'radiSozlama
Do'kon nomi, qarz, to'lov va qoldiqDoim ko'rinadi
Chek raqami va yopilmagan cheklarDoim ko'rinadi
Xarid tarkibiBoshida yoqilgan
Qaytarish muddatiBoshida yoqilgan
Tranzaksiya izohiBoshida o'chiq
RasmlarBoshida o'chiq

Izoh va rasmlar bejiz yopiq turmaydi: izohga ko'pincha o'zingiz uchun gap yozasiz. Kartada mijozni qanday nom bilan yozganingiz ham unga ko'rinmaydi. Kimdir bilan munosabat nozik bo'lsa, shu mijozning kartasida Bu mijozga qarzini ko'rsatmaslik ni yoqib qo'yasiz.

Bot SMS o'rnini bosadimi?

To'liq emas. Bot mijozga yozuv qo'shilganda xabar beradi, lekin muddat kelganda o'zi eslatmaydi. Eslatish uchun SMS eslatma yoki robot qo'ng'iroq kerak, ular esa paket bilan ishlaydi. Ikkalasini birga ishlatish qulay: doimiy mijozlarga bot, Telegrami yo'qlarga SMS.

NimasiTelegram botSMS
NarxiBepulSMS paketidan yechiladi
Mijozga nima kerakTelegram va botni bir marta ochishOddiy telefon raqami
Nima keladiQarz, to'lov, chek, qoldiqQarz yoki to'lov haqida qisqa matn
Muddatni eslatadimiYo'qHa, sozlansa

Mijozga bot haqida aytishning qulay payti — qarz yozayotganda: «Telegramda @qarz24_bot ni oching, qarzingiz shu yerda ko'rinib turadi». Odam qoldiqni o'zi ko'rib tursa, tortishuv kamayadi, muddati o'tgan qarzni undirish ham osonlashadi. Qarzni hali qog'ozga yozayotgan bo'lsangiz, avval daftarni ilovaga o'tkazib oling.

Ko'p so'raladigan savollar

Telegram bot pullikmi?

Yo'q. Bot har qanday tarifda, bepul versiyada ham ishlaydi, xabarlar SMS paketidan yechilmaydi.

Mijozga qarzi ko'rinmayapti, sababi nima?

Uch narsani tekshiring: do'kon sozlamasida «Qarzlarni mijozlarga ko'rsatish» yoqilganmi, mijoz kartasidagi raqam to'g'rimi, mijoz botga aynan shu raqam bilan kirganmi.

Kun hisoboti nega kelmadi?

Hisobot faqat kun davomida yozuv bo'lsa keladi. Bot menyusidagi Sozlamalarda kunlik hisobot yoqilganini ham tekshiring.

Bot rus tilida ishlaydimi?

Ha. Boshida bot o'zbekcha yozadi, tilni bot menyusidagi Sozlamalardan almashtirasiz.

Bitta hisobga ikki kishining Telegramini ulasa bo'ladimi?

Ha, masalan o'zingiz va turmush o'rtog'ingiz. Har biri ilovadagi Botni ulash havolasi orqali ulanadi va xabarlar bilan kun hisobotini oladi.