Mundarija
- Qarzni eslatish nega bunchalik noqulay
- SMS eslatma qanday ishlaydi
- Avtomatik SMS'ni 5 qadamda sozlash
- Tayyor matnlar: qaysi birini tanlash kerak
- Qaysi jadval qaysi do'konga mos
- Avtomatik SMS kimga bormaydi
- Yana uchta foydali sozlama
- SMS pullikmi: paket qanday ishlaydi
- SMS hisobotlarini qayerdan ko'rish mumkin
Qarzni eslatish nega bunchalik noqulay
Qarz so'rash hech kimga yoqmaydi. Mijoz qo'shningiz, tanishingiz yoki har kuni non oladigan odam bo'lsa, «qachon berasiz?» deyishga tilingiz bormaydi. Natijada qarz oylab turib qoladi, mijoz esa shunchaki esidan chiqargan bo'lishi ham mumkin.
SMS bu gapni siz uchun aytadi. Xabar xotirjam ohangda, aniq summa bilan boradi: mijozning esiga tushadi, siz esa yuzma-yuz noqulay suhbatdan qutulasiz. Gap do'kon va mijoz o'rtasidagi munosabatni buzmay aytiladi.
SMS eslatma qanday ishlaydi
Bir marta sozlaysiz, keyin ilova o'zi kuzatib boradi: kimning qarzi bor, kimga yozish vaqti keldi. Qarz yopilgan zahoti eslatma to'xtaydi, buning uchun hech narsa bosish shart emas.
- 1-oktabr: qarz yozildiMuddat 15-oktabr
- Muddatgacha jimlikMijoz hech narsani buzmagan
- 15-oktabr: birinchi SMSQaytarish kuni boradi
- 22 va 29-oktabrTo'lanmasa takrorlanadi
- Qarz yopildiEslatma to'xtaydi
Qaytarish sanasi yozilmagan qarzda tartib boshqacha: Dastlabki necha kun bezovta qilinmasin oralig'i o'tgach, eslatma jadval bo'yicha ketadi. Endigina qarz olgan odamga darrov SMS yuborish odobdan emas, pauza shuning uchun kerak. Muddat ko'rsatilgan bo'lib, u o'tib ketgan bo'lsa, eslatma pauzani kutmaydi.
Ilova odamni ortiqcha bezovta qilmaydi: bir mijozga kuniga bittadan ko'p avtomatik SMS ketmaydi, haftalik chegara ham qo'yilgan, tunda esa avtomatik SMS ketmaydi.
Avtomatik SMS'ni 5 qadamda sozlash
- Asosiy sahifada Qarzdorlarga SMS eslatma plitkasini bosing.
- Tepada qarzdor oladigan xabar namunasi turadi. Boshqasi kerak bo'lsa, Boshqa matnni tanlashni bosing.
- Do'kon maydoniga do'koningiz nomini, Murojaat uchun telefonga o'z raqamingizni yozib, Keyingini bosing.
- Necha kunda bir eslatilsin (3, 7, 14, 30 yoki o'zingiz yozasiz), Dastlabki necha kun bezovta qilinmasin va Yuborish vaqtini belgilang, Avto-eslatmani yoqishni yoqing.
- Oxirgi qadamda matnni tekshirib, Saqlashni bosing.
Tayyor matnlar: qaysi birini tanlash kerak
Avtomatik SMS 4546 raqamidan boradi. Matnlar aloqa operatori bilan oldindan kelishilgan, shuning uchun ularni o'zgartirib bo'lmaydi, lekin tanlov bor: Standart, Xizmat uchun, Mashg'ulotlar uchun, To'lanmagan summa, Eslatma va To'lov kutilmoqda. Do'kon nomi, qarz summasi va telefon raqamini ilova har bir qarzdor uchun o'zi qo'yadi.
Standart matn shunday: «Hurmatli mijoz! Baraka Market do'konida sizning 1 250 000 so'm qarzingiz bor. Iltimos, to'lovni o'z vaqtida amalga oshiring.» Oxirida telefon raqamingiz turadi.
Do'kon nomini qisqa yozing. Nom 5 so'zdan uzun bo'lsa, operator xabarni o'tkazmasligi mumkin, juda uzun matn esa ikki SMS bo'lib yechiladi. Sozlash ekranida matn uzunligi va necha SMS ketishi ko'rinib turadi. Ba'zan nom tekshiruvga tushadi: bu odatda bir necha soat oladi va shu vaqtda eslatmalar kutib turadi.
Qaysi jadval qaysi do'konga mos
| Oraliq | Kimga mos | Misol |
|---|---|---|
| 3 kun | Kichik qarz, tez aylanadigan savdo | Baqqollik, novvoyxona |
| 7 kun | Oddiy do'kon, haftalik hisob | Kiyim, telefon aksessuarlari |
| 14 kun | Doimiy mijozlar, kattaroq qarz | Qurilish mollari |
| 30 kun | Oylikdan oylikkacha to'laydiganlar | Ulgurji mijozlar |
Yuborish vaqtini do'kon ochiq paytga qo'ying. SMS olgan odam shu zahoti qo'ng'iroq qilishi mumkin, siz esa unga javob bera olishingiz kerak.
Avtomatik SMS kimga bormaydi
- Telefoni yozilmagan mijozga.
- Qarzi yopilgan mijozga: to'liq to'lov yozilgach, eslatma ketmaydi.
- Muddati hali kelmagan qarzdorga, agar butun qarzi muddatli bo'lsa.
- Istisnoga qo'shilgan mijozga: masalan, shaxsan kelishganlaringizga. Ro'yxat SMS hisobotlari ekranida, Kimga eslatma yuborilmasin bandida.
Bitta mijozga alohida qoida ham qo'yish mumkin. Uning kartasidagi Avtomatik SMS bo'limida Do'kon qoidalari bo'yicha, Alohida jadval yoki Yuborilmasinni tanlaysiz.
Yana uchta foydali sozlama
- Muddatdan oldin eslatish qaytarish sanasiga 10, 5 yoki 1 kun qolganda ogohlantiradi. Avtomatik SMS yoqilganda ishlaydi; matn hali operator tasdig'ida bo'lsa, ekranda shu haqida yozuv chiqadi.
- Amallar haqida SMS qarz yozilganda yoki to'lov qabul qilinganda mijozga darhol xabar yuboradi. Qoldiq balansni yozishni yoqsangiz, xabarga umumiy qarz ham qo'shiladi.
- Nasiya grafigi bo'yicha eslatish nasiya to'lovi kuni SMS yuboradi va to'lov kechiksa takrorlaydi. Xabarda butun qoldiq emas, hozir to'lanishi kerak bo'lgan qism aytiladi.
SMS pullikmi: paket qanday ishlaydi
Eslatmalarni sozlash va yoqish barcha tariflarda, bepul rejimda ham ochiq. Pullik qismi SMS'ning o'zi: xabarlar oldindan olingan paketdan yechiladi. Odatiy eslatma bitta SMS, uzun xabar esa ikki yoki undan ko'p SMS hisoblanadi. Paket tugasa, yuborish to'xtaydi va uni to'ldirguningizcha hech kimga xabar bormaydi.
Paketning amal qilish muddati bor: Kuyadi qatorida ko'rsatilgan sanagacha ishlatilmagan SMS'lar yonib ketadi. Shuning uchun paket olgach, avto-eslatmani yoqishni unutmang. Savdo tarifi va undan yuqorisida har oy sovg'a SMS beriladi, 7 kunlik sinov davrida esa sinab ko'rish uchun bir nechta SMS qo'shiladi.
Eslatma funksiyasi barcha tariflarda ishlaydi, SMS'lar esa paket hisobidan ketadi. Paket ilovaning o'zida sotib olinadi.
SMS hisobotlarini qayerdan ko'rish mumkin
Yon menyudagi SMS hisobotlari bo'limida qolgan SMS soni, paket qachon kuyishi va nechta xabar yuborilgani turadi. Shu ekranda eslatmani bir bosishda o'chirib-yoqasiz, sozlamalarga kirasiz va yangi paket olasiz. Bitta mijozga nima ketganini uning kartasidagi Avtomatik SMS bo'limidan ko'rasiz.
SMS o'qimaydigan mijozlar uchun robot qo'ng'iroq bor. Eslatmaga ham javob bermay yurganlar bilan nima qilishni qarzni undirish maqolasida yozganmiz.
Ko'p so'raladigan savollar
SMS eslatma bepulmi?
Eslatmani sozlash bepul va barcha tariflarda bor, lekin SMS'ning o'zi paketdan yechiladi. Paketni ilova ichida sotib olasiz, Savdo va undan yuqori tariflarda har oy sovg'a SMS keladi.
SMS matnini o'zim yoza olamanmi?
Avtomatik SMS'da yo'q: matnlar operator bilan kelishilgan, tayyor variantlardan tanlaysiz. Mijoz kartasidagi SMS tugmasi esa telefoningizning SMS ilovasini ochadi: u yerda matnni o'zgartirib, o'z raqamingizdan yuborasiz, paketdan hech narsa yechilmaydi.
SMS qaysi raqamdan boradi?
Avtomatik eslatmalar 4546 raqamidan boradi. Matnda telefon raqamingiz ham turadi, mijoz shu raqam orqali siz bilan bog'lanadi.
Bitta mijozga SMS yubormaslik mumkinmi?
Ha. Uning kartasidagi Avtomatik SMS bo'limida Yuborilmasin'ni tanlang yoki SMS hisobotlaridagi istisnolar ro'yxatiga qo'shing.
Nega SMS ketmayapti?
Ko'pincha paket tugagan yoki avto-eslatma o'chiq bo'ladi. SMS hisobotlarida qolgan SMS va holatni tekshiring. Mijozda telefon raqami borligini va qarz muddati kelganini ham ko'ring.
Dollardagi qarzga SMS boradimi?
Ha. Qarz dollarda bo'lsa, xabarda dollar summasi yoziladi, ikki valyutada bo'lsa, ikkala summa bitta xabarda boradi.