Mundarija
SMS o'qilmasa nima qilish kerak
Ko'pchilikning telefoni reklama xabarlariga to'lib ketgan, shuning uchun SMS ochilmay qoladi. Yoshi kattaroq mijozlar esa xabar o'qishga umuman odatlanmagan. Ularga yozganingiz bilan qarz joyida turaveradi. Har biriga o'zingiz telefon qilsangiz, kuningiz shunga ketadi, gapning o'zi ham og'ir.
Robot qo'ng'iroq shu bo'shliqni yopadi. Telefon jiringlaydi, mijoz go'shakni ko'taradi va qisqa xabarni eshitadi. Robot sizning o'rningizga gapiradi: ohangi xotirjam, ortiqcha so'z yo'q.
Robot qarzdorga nima deydi
Standart eslatmada qarzdor mana shuni eshitadi: «Hurmatli mijoz! Baraka Market do'konida sizning bir million ikki yuz ellik ming so'm qarzingiz bor. Iltimos, to'lovni o'z vaqtida amalga oshiring. Ma'lumot uchun:», keyin telefon raqamingiz aytiladi.
Summa va raqam so'z bilan aytiladi, robot o'zbek tilida gapiradi. Sozlash ekranidagi Tinglash tugmasi bilan xuddi shu ovozni oldindan eshitib ko'rasiz: mijoz go'shakda aynan shuni eshitadi. Boshqa ohang kerak bo'lsa, Boshqa matnni tanlash orqali tayyor matnlardan birini olasiz.
Avtomatik qo'ng'iroqni qanday yoqish mumkin
- Asosiy sahifada Qarzdorlarga qo'ng'iroq plitkasini bosing.
- Matnni Tinglash tugmasi bilan eshitib ko'ring, kerak bo'lsa, boshqasini tanlang.
- Do'kon nomini va Murojaat uchun telefonni yozib, Keyingini bosing.
- Necha kunda bir qo'ng'iroq qilinsin, Dastlabki necha kun bezovta qilinmasin va Qo'ng'iroq vaqtini belgilang, Avto-qo'ng'iroqni yoqishni yoqing.
- Oxirgi ekranda Saqlashni bosing. Endi robot jadval bo'yicha o'zi qo'ng'iroq qiladi.
Robot qachon qo'ng'iroq qiladi
Jadval bo'yicha qo'ng'iroqlar faqat kunduzi, soat 9:00 dan 19:00 gacha ketadi. Siz belgilagan vaqtdan boshlab mijozlarga navbat bilan qo'ng'iroq qilinadi, shuning uchun ba'zilariga biroz kechroq yetib boradi. Qarzdorlarga hoziroq eslatma orqali o'zingiz boshlagan qo'ng'iroqlar esa soatga qaramaydi, ularni kunduzi ishga tushiring.
Muddat qoidasi SMS bilan bir xil. Qaytarish sanasi yozilgan qarzda shu kungacha robot jim turadi, sana kuni qo'ng'iroq qiladi, to'lanmasa, siz tanlagan oraliqda takrorlaydi. Sanasi yo'q qarzda avval Dastlabki necha kun bezovta qilinmasin pauzasi o'tadi. Qarz yopilgach, qo'ng'iroqlar to'xtaydi.
- Navbat keldiSiz qo'ygan jadval bo'yicha
- Robot qo'ng'iroq qiladiSoat 9:00–19:00
- Javob bermadiPul balansga qaytadi
- Bir soatdan keyinYana bir urinish
- Javob berdiBugunga shu yetarli
Qo'ng'iroq pullikmi
Robotni sozlash va yoqish barcha tariflarda, bepul rejimda ham ochiq. Pullik qismi qo'ng'iroqlarning o'zi: ular SMS paketidan alohida, qo'ng'iroq paketidan yechiladi. Paketni ilovaning o'zidan sotib olasiz va Kuyadi qatorida ko'rsatilgan sanagacha ishlatasiz. Paket tugasa, robot to'xtaydi.
Faqat bo'lgan suhbat uchun to'laysiz: mijoz javob bermasa, band bo'lsa yoki qo'ng'iroq o'tmasa, yechilgan qo'ng'iroq balansga qaytadi. Savdo tarifi va undan yuqorisida har oy sovg'a qo'ng'iroqlar qo'shiladi, 7 kunlik sinov davrida ham sinab ko'rish uchun bir nechta qo'ng'iroq beriladi.
Robot qo'ng'iroq barcha tariflarda ishlaydi, lekin unga alohida qo'ng'iroq paketi kerak. Javob berilmagan qo'ng'iroq uchun pul qaytadi.
SMS yoki qo'ng'iroq: qaysi biri kerak
SMS
- Arzonroq
- Xabar telefonda qoladi
- Summani qayta o'qish mumkin
- O'qilmay qolishi mumkin
Robot qo'ng'iroq
- Ovoz bilan yetkazadi
- SMS o'qimaydiganga yetadi
- Javob bo'lmasa, pul qaytadi
- Kunduzi, navbat bilan
Ikkalasini birga ishlatish mumkin: jadvali ham, paketi ham alohida. Masalan, SMS eslatmani har 7 kunga, qo'ng'iroqni har 14 kunga qo'yasiz. Odam avval xabar oladi, e'tibor bermasa, ovozni eshitadi.
| Holat | Nima qilgan ma'qul |
|---|---|
| Mijoz telefonini doim ko'radi | SMS yetarli |
| Yoshi katta, xabar o'qimaydi | Robot qo'ng'iroq |
| Katta qarz, muddati o'tgan | Ikkalasi, keyin o'zingiz gaplashing |
| Yaqin tanish yoki qarindosh | Istisnoga qo'shing, shaxsan ayting |
Nasiya savdo qilsangiz, Nasiya grafigi bo'yicha eslatishni yoqing: robot to'lov kuni qo'ng'iroq qiladi, kechiksa takrorlaydi. Bunda butun qoldiq emas, hozir to'lanishi kerak bo'lgan summa aytiladi.
Kimga qo'ng'iroq qilmaslik kerak
Ba'zi mijozlar bilan shaxsan kelishib olgan bo'lasiz yoki ular robotdan xafa bo'lishi mumkin. Bundaylarni Qo'ng'iroq hisobotlari ekranidagi Kimga qo'ng'iroq qilinmasin ro'yxatiga qo'shing. Bitta mijoz uchun uning kartasidagi Avtomatik qo'ng'iroqlar bo'limida Qo'ng'iroq qilinmasin yoki Alohida jadvalni tanlash ham mumkin. Bu qoidalar jadval bo'yicha qo'ng'iroqlarga ishlaydi: hoziroq eslatmada odamlarni O'zim tanlayman orqali belgilang.
Eslatma ham yordam bermasa, navbat jonli suhbatga keladi. Qanday tartibda harakat qilishni muddati o'tgan qarzlar haqidagi maqolada yozganmiz.
Ko'p so'raladigan savollar
Robot qaysi tilda gapiradi?
O'zbek tilida. Summa va telefon raqami so'z bilan aytiladi.
Mijoz javob bermasa, pul yechiladimi?
Yo'q. Javob berilmagan qo'ng'iroq balansga qaytadi, taxminan bir soatdan keyin robot yana bir marta urinib ko'radi.
Robot kechasi qo'ng'iroq qilib yubormaydimi?
Yo'q. Jadval bo'yicha qo'ng'iroqlar faqat soat 9:00 dan 19:00 gacha ketadi. Faqat Qarzdorlarga hoziroq eslatmani o'zingiz ishga tushirsangiz, qo'ng'iroqlar shu zahoti boshlanadi, shuning uchun uni kunduzi ishlating.
Bepul tarifda robot qo'ng'iroq ishlaydimi?
Ha, funksiya barcha tariflarda ochiq, lekin qo'ng'iroqlar alohida paketdan yechiladi. Savdo va undan yuqori tariflarda har oy sovg'a qo'ng'iroqlar beriladi.
Dollardagi qarzni ham aytadimi?
Ha. Robot dollar summasini butun songacha yaxlitlab aytadi, qarz ikki valyutada bo'lsa, ikkalasini ham aytadi.
Robot nima deyishini oldindan eshitsa bo'ladimi?
Ha. Sozlash ekranidagi Tinglash tugmasi mijoz eshitadigan ovozni o'ynatadi.