Qarz Daftari Русский Kirish

Nasiya savdo dasturi: to'lov grafigi, eslatma va shartnoma

6 daqiqa o'qish Tarif: Savdo

Nasiya savdo — mijoz tovarni bugun olib, pulini kelishilgan muddatlarda bo'lib to'laydigan savdo. U sotuvni oshiradi, ammo daftarda yuritilsa, kim qachon qancha to'lashi tez chalkashadi. Bu maqolada nasiyani qanday hisoblash, to'lov grafigini tuzish va kechikishlarni nazorat qilishni Qarz Daftari ilovasining haqiqiy ekranlari va video dars bilan ko'rsatamiz.

Mundarija
  1. Nasiya savdo nima?
  2. Nasiya qanday hisoblanadi?
  3. Telefonda nasiya shartnomasini ochish
  4. To'lov grafigi va kechikishlar
  5. To'lovni qabul qilish
  6. Oylik, haftalik yoki o'z jadvalingiz
  7. Shartnoma va to'lovlar holati: ikkita hujjat
  8. Kechikkan to'lovlarni qanday nazorat qilish kerak
  9. Daftar va ilova: farqi nimada
  10. Nasiyada pul yo'qotmaslik uchun maslahatlar

Nasiya savdo nima?

Nasiya savdoda xaridor tovarni darhol oladi, narxini esa bir necha to'lovga bo'lib beradi. Odatda avval boshlang'ich to'lov olinadi, qolgan summa oy, hafta yoki kun bo'yicha qismlarga bo'linadi. Telefon, maishiy texnika, mebel, avtomobil va qurilish mollari ko'pincha shu usulda sotiladi.

Oddiy qarzdan farqi shundaki, nasiyada har bir to'lovning sanasi va summasi oldindan belgilangan. Oddiy qarzda mijoz imkoni bo'lganda to'laydi, nasiyada esa jadval bor, shuning uchun kechikish darhol ko'rinadi. Muddatsiz qarzlar uchun qarz daftari ilovasi haqidagi maqolani o'qing.

Nasiya qanday hisoblanadi?

Hisob uchta raqamga tayanadi: tovar narxi, boshlang'ich to'lov va muddat. Narxdan boshlang'ich to'lovni ayirasiz, qolganini to'lovlar soniga bo'lasiz. Masalan, 12 000 000 so'mlik televizor 3 000 000 so'm boshlang'ich to'lov bilan 10 oyga sotilsa, mijoz har oy 900 000 so'm to'laydi.

Televizor, 10 oyga nasiya

  • Tovar narxi12 000 000
  • Boshlang'ich to'lov− 3 000 000
  • Nasiyaga qoldi9 000 000
  • Muddat10 oy

Oylik to'lov900 000

9 000 000 ÷ 10 = 900 000 so'm

Nasiya hisobi namunasi: narxdan boshlang'ich to'lov ayriladi, qolgani oylarga bo'linadi.

Ilovada bu hisobni qo'lda qilish shart emas. Summa, boshlang'ich to'lov va muddatni kiritganingizda oylik to'lov va butun grafik o'zi tuziladi.

Telefonda nasiya shartnomasini ochish

  1. Bosh sahifada Nasiya bo'limini oching va yuqoridagi + tugmasini bosing.
  2. Mijozni ro'yxatdan tanlang.
  3. Mahsulot nomini yozing yoki Mahsulotlar ro'yxatidan tanlash orqali ombordan oling. Ro'yxatdan tanlangan tovarning qoldig'i o'zi kamayadi.
  4. Summa va boshlang'ich to'lovni kiriting.
  5. Shartlarni belgilang: Teng ulushlarda yoki O'z jadvalim, qadam (oy, hafta, kun) va to'lovlar soni.
  6. Saqlash tugmasini bosing. Shartnoma va to'lov jadvali tayyor.
Video dars 10 Nasiya — bo'lib to'lash Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Qarz Daftari ilovasidagi Nasiya bo'limi: shartnomalar ro'yxati, qoldiq, yig'ilgan va muddati o'tgan summalar
Barcha shartnomalar: qoldiq, yig'ilgan va muddati o'tgan summa tepada.
Televizor uchun nasiya shartnomasi: qoldiq, boshlang'ich to'lov, muddat va oylik to'lov
Shartnoma ichida: qoldiq, oylik to'lov va keyingi to'lov sanasi.

To'lov grafigi va kechikishlar

Grafikda har bir to'lovning sanasi, summasi va holati ko'rinadi. To'langan oylar belgilanadi, muddati o'tgani ajralib turadi, shuning uchun mijoz bilan gaplashganda aniq raqam aytasiz: qaysi oy to'lanmagan va hozir qancha berish kerak.

Televizor, oylik 900 000 so'm

  • 5 oktabr 900 000 To'langan
  • 5 noyabr 900 000 To'langan
  • 5 dekabr 900 000 Kechikkan
  • 5 yanvar 900 000 Hozir to'lanadi
  • 5 fevral 900 000 Kutilmoqda
  • 5 mart 900 000 Kutilmoqda
To'lov jadvali namunasi: har bir to'lovning holati bir qarashda ko'rinadi.

To'lovni qabul qilish

Mijoz pul olib kelganda shartnomani ochib To'lov qabul qilish tugmasini bosasiz. Oylik summa yoki butun qoldiq bir bosishda tanlanadi, boshqa summani ham yozish mumkin. To'lov usulini (naqd, karta, P2P yoki boshqa), sanani va izohni belgilaysiz, kerak bo'lsa chek suratini biriktirasiz.

Mijoz bir oylikdan ko'proq olib kelsa, summa keyingi to'lovlarga ham taqsimlanadi. Muddatidan oldin hammasini yopmoqchi bo'lsa, To'liq yopish tugmasi bor. Xato yozilgan to'lovni o'chirib, qaytadan kiritish mumkin.

To'lov qabul qilish oynasi: summa, to'lov usuli, sana va izoh
To'lovni yozish: summa, usul, sana, izoh va surat.
Nasiya shartnomasining to'lov jadvali: to'langan oylar yashil belgi bilan
To'langan oylar jadvalda belgilanadi, qoldiq kamayadi.

Oylik, haftalik yoki o'z jadvalingiz

Har bir mijozning daromadi har xil, shuning uchun grafik ham bir xil bo'lishi shart emas. Teng grafik oy, hafta yoki kun qadami bilan tuziladi, O'z jadvalim rejimida esa har bir sanani o'zingiz belgilaysiz.

GrafikKimga qulayMisol
OylikOylik maosh oladigan mijozlar10 oy, har oyning 5-sanasida
HaftalikBozorda ishlaydigan, haftalik daromadi bor mijozlar12 hafta, har dushanba
KunlikKichik summa, qisqa muddat30 kun, har kuni
O'z jadvalimMavsumiy daromadli mijozlarHosildan keyin katta to'lov

Shartnoma va to'lovlar holati: ikkita hujjat

Ilova har bir nasiya uchun ikki xil hujjat tayyorlaydi. Shartnomada tomonlar, tovar, narx, grafik va imzo joylari bor: uni bir marta chop etib, imzolaysiz. To'lovlar holati esa nima to'langani, nima qolgani va kechikishni ko'rsatadi, uni har to'lovdan keyin yangidan olish mumkin.

Ikkala hujjatni PDF yoki rasm ko'rinishida chop etish, yuklab olish, Telegram orqali yuborish yoki boshqa ilovaga ulashish mumkin. Uzun grafik bir varaqqa sig'masa, u PDF bo'lib chiqadi.

Video dars 39 Nasiya shartnomasi Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish

Kechikkan to'lovlarni qanday nazorat qilish kerak

Mijozlar ro'yxatida nasiyali mijoz qatorida hozir to'lashi kerak bo'lgan summa yirik ko'rinadi, kechiksa qizarib turadi, shartnoma qoldig'i esa alohida yoziladi. Nasiya bo'limidagi Muddati o'tgan yorlig'i esa kechikkan shartnomalarni bitta ro'yxatga yig'adi.

Eslatishni ham ilovaga topshirish mumkin. Sozlamalarda yoqilsa, SMS eslatma yoki robot qo'ng'iroq to'lov kuni boradi va to'lov kechiksa, siz belgilagan oraliqda takrorlanadi. Xabarda butun qoldiq emas, aynan hozir to'lanishi kerak bo'lgan summa aytiladi.

Daftar va ilova: farqi nimada

Daftarda

  • Oylik to'lovni qo'lda hisoblaysiz
  • Kim kechikkanini varaqlab qidirasiz
  • Eslatish esdan chiqadi
  • Daftar yo'qolsa, hisob ham yo'qoladi

Ilovada

  • Grafik o'zi tuziladi
  • Kechikkanlar alohida ro'yxatda
  • SMS va qo'ng'iroq o'zi boradi
  • Hisob telefon almashsa ham saqlanadi
Bir xil nasiya daftarda va ilovada qanday yuritiladi.

Nasiyada pul yo'qotmaslik uchun maslahatlar

  • Boshlang'ich to'lovni oling. U mijozning jiddiyligini ko'rsatadi va sizning xavfingizni kamaytiradi.
  • Shartnomani imzolating. Narx, muddat va grafik qog'ozda yozilgan bo'lsa, keyin tortishuv chiqmaydi.
  • Ikkinchi telefon raqamini so'rang. Mijoz raqamini almashtirsa, u bilan bog'lanish yo'li qoladi.
  • To'lov sanasini daromad kuniga moslang. Mijoz oylik oladigan kundan keyingi sana eng qulay.
  • Birinchi kechikishdayoq eslating. Kechikish qancha cho'zilsa, pulni undirish shuncha qiyinlashadi. Batafsil: qarzni qanday undirish.

Nasiya bo'limi Savdo tarifidan boshlab ishlaydi. Yangi foydalanuvchilar uni 7 kunlik bepul sinov davrida ishlatib ko'rishi mumkin.

Ko'p so'raladigan savollar

Nasiya savdo qaysi tarifda ishlaydi?

Savdo tarifida va undan yuqorida. Yangi foydalanuvchilar uni 7 kunlik bepul sinov davrida ishlatib ko'rishi mumkin.

Dollarda nasiya yozsa bo'ladimi?

Ha. Shartnoma so'mda yoki dollarda ochiladi, balanslar valyuta bo'yicha alohida yuritiladi. Batafsil: dollar va so'mda hisob.

Nasiya ombordagi tovarni kamaytiradimi?

Ha, agar mahsulotni ro'yxatdan tanlasangiz. Qo'lda yozilgan mahsulot omborga ta'sir qilmaydi.

Mijoz muddatidan oldin to'lab qo'ysa nima bo'ladi?

Shartnomadagi To'liq yopish tugmasi butun qoldiqni bir to'lov bilan yopadi, shartnoma yakunlangan holatga o'tadi.

Shartnomani qog'ozda chiqarish mumkinmi?

Ha. Shartnomani PDF yoki rasm qilib chop etasiz, yuklab olasiz yoki Telegram orqali mijozga yuborasiz.