Qarz Daftari Русский Kirish

Nakladnoy nima va uni telefonda qanday chiqarish mumkin

6 daqiqa o'qish Tarif: Savdo

Nakladnoy nima? Bu tovar kimdan kimga, qancha miqdorda va qanday narxda berilganini ko'rsatadigan hujjat: ulgurji savdoda, tovar mashinada ketganda yoki qarzga berilganda u sizni tortishuvdan saqlaydi. Uni qo'lda to'ldirish shart emas. Nakladnoyda nimalar bo'lishi, uni telefondan PDF qilib yuborish, shablonni sozlash va yuk xatini chiqarishni ko'rsatamiz.

Mundarija
  1. Nakladnoy nima va nima uchun kerak
  2. Nakladnoyda nimalar bo'ladi
  3. Telefonda nakladnoy chiqarish: qadamma-qadam
  4. Chek, nakladnoy va yuk xati: qaysi biri qachon kerak
  5. Yuk xati: tovar mashinada ketganda
  6. Shablon: nakladnoyni o'z do'koningizga moslash
  7. Mijozga qarz va to'lovlar hisobotini yuborish
  8. Nakladnoy bilan ishlashda maslahatlar

Nakladnoy nima va nima uchun kerak

Bozordagi odatiy holat: ulgurji mijoz 30 qop un oldi, bir haftadan keyin «25 qop olgandim» deydi. Qo'lingizda qog'oz bo'lmasa, uning so'ziga qarshi faqat sizning so'zingiz qoladi. Nakladnoy shu tortishuvni yopadi: unda sana, kim bergani va kim olgani, tovar, soni, narxi, jami va qancha to'langani yoziladi.

U ayniqsa ulgurji sotuvchiga, do'konlarga tovar tarqatadigan dilerga, mijozga tovarni yetkazib beradiganlarga va qarzga ishlaydigan har qanday do'konga kerak. Chakana xaridorga odatda chek yetadi, ulgurji mijoz esa varaqni olib, o'z papkasiga solib qo'yadi.

Nakladnoyda nimalar bo'ladi

Nakladnoy
  • Do'kon va sotuvchi
  • Xaridor
  • Tovar, soni, narxi
  • Chegirma va jami
  • To'landi va qarz
  • Imzo joylari
To'liq nakladnoyda shu bo'limlar bo'ladi.

Ilovada bularning hammasi sotuvning o'zidan olinadi: tovar, narx, chegirma, to'lov va qarz qayta yozilmaydi. Shuning uchun nakladnoydagi raqam kassa va mijoz qarzi bilan doim bir xil bo'ladi.

Hisob-faktura, namuna

  • Un, 10 qop × 250 0002 500 000
  • Yog', 5 quti × 300 0001 500 000

Jami4 000 000

To'landi 1 500 000 · Qarzga 2 500 000

Nakladnoy namunasi: tovar, jami, to'langan va qarzga qolgan summa.

Telefonda nakladnoy chiqarish: qadamma-qadam

  1. Asosiy sahifada Sotuvlarni oching va kerakli sotuvni tanlang.
  2. Kartani pastga suring: Xaridorga chek, Hisob-faktura va Yuk xatini ko'rsatish tugmalari shu yerda.
  3. Hisob-fakturani bosing: tayyor nakladnoy ochiladi.
  4. Pastdan formatni tanlang: PDF yoki Rasm.
  5. Chop etish, Yuklab olish, Telegram yoki Ulashish tugmasini bosing.
Video dars 14 Sotuv hujjatlari Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Qarz Daftari sotuv kartasi: jami, foyda, Xaridorga chek, Hisob-faktura va Yuk xatini ko'rsatish tugmalari
Hujjatlar sotuv kartasining pastida.
Tayyor yuk xati ekrani: PDF yoki rasm tanlovi, chop etish, yuklab olish, Telegram va ulashish tugmalari
Hujjatni PDF yoki rasm qilib yuborasiz.

Rasm qilib yuborish PDF ochishga qiynaladigan mijozga qulay: Telegramda darrov ko'rinadi. Chop etish esa doim varaq o'lchamiga moslangan PDF orqali ketadi.

Ilovadagi Hisob-faktura tugmasi mana shu savdo nakladnoyini ochadi. Bu hujjat do'kon va mijoz o'rtasidagi hisob uchun, soliq tizimidagi elektron hisob-faktura emas. Hisobotingizga qaysi hujjat kerakligini buxgalteringizdan so'rang.

Chek, nakladnoy va yuk xati: qaysi biri qachon kerak

HujjatKimga va qachonIlovadagi tugma
ChekDo'kondagi xaridorga, lentadaXaridorga chek
NakladnoyUlgurji mijozga, A4 yoki A5 varaqdaHisob-faktura
Yuk xatiTovar mashinada ketganda: haydovchi, raqam, manzilYuk xatini ko'rsatish
Mijoz hisobotiQarz va to'lovlarni solishtirish uchunMijoz kartasi → Eksport

Kassa yonidagi xaridorga chek berasiz, bu haqda Bluetooth printerda chek chiqarish maqolasida yozganmiz. Sotuvning o'zini qanday yozishni esa do'kon uchun savdo dasturi maqolasidan ko'ring.

Yuk xati: tovar mashinada ketganda

Yuk xati oddiy nakladnoydan transport ma'lumotlari bilan farq qiladi: haydovchi, uning telefoni, avtomobil rusumi, davlat raqami, yetkazish manzili va qabul qiluvchi. Sotuv formasida Olish qatorida Yetkazib berishni tanlasangiz, Yuk xati ma'lumotlari ochiladi. Hamma maydon ixtiyoriy: bo'sh qolgani qo'lda to'ldirish uchun chop etiladi. Pastda Topshirdi va Qabul qildi imzo joylari bor. Hujjatni sotuv kartasidagi Yuk xatini ko'rsatish tugmasi ochadi.

Sotuvga bog'lanmagan hujjat kerak bo'lsa, masalan, tovarni boshqa nuqtaga jo'natayotgan bo'lsangiz, Ro'yxatlar bo'limida Oziq-ovqat yuk xati, Sumkalar yuk xati kabi tayyor shablonlar bor. Kimga, mahsulot, soni va narxini yozasiz, jami o'zi hisoblanadi, hujjat raqami bilan saqlanadi. Bu hujjat ombor va kassaga ta'sir qilmaydi. Ro'yxatlar bo'limi Biznes tarifidan boshlab ishlaydi.

Video dars 36 Yuk xati Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Ro'yxatlar bo'limida yaratilgan oziq-ovqat yuk xati: kimga, mahsulot, soni, narxi va jami summa
Ro'yxatlar: sotuvsiz tayyorlangan yuk xati.

Shablon: nakladnoyni o'z do'koningizga moslash

Sozlamalar → Mening do'konlarim → do'koningiz ichida Nakladnoy bo'limi bor. Hujjat shablonlarini oching va tepada Nakladnoy (A4 / A5) ni tanlang. Uchta tayyor ko'rinish bor:

  • Zamonaviy — rangli jadval va katta jami summa.
  • Klassik — ramkali jadval, mijoz balansi oldin va keyin. A4 ning yuqori yarmiga sig'adi, varaqni o'rtasidan qirqsa bo'ladi.
  • Rasmiy — oq-qora, yetkazib beruvchi, xaridor va imzo joylari bilan.

Shablon ichida varaqni (A4 yoki A5), hujjat tilini, shriftni, ustunlarni va imzo joylarini o'zgartirasiz. Tovar ko'p bo'lsa, Mayda yozuv, zich qatorlar bir varaqqa ko'proq sig'diradi, Mahsulot rasmi esa nomi oldiga kichik rasm qo'yadi. Logotip, telefon va ikkita QR-kod do'kon sozlamalarida kiritiladi: xaridor kamerani tutib, sizga yozadi.

Video dars 48 Hujjat shablonlari Telegram'da ko'rish YouTube'da ochish
Hujjat shablonlari ekrani: Nakladnoy A4 / A5 va Chek 80 mm yorliqlari, sotuv misolidagi nakladnoy ko'rinishi
Shablonni o'zgartirsangiz, ko'rinish darhol yangilanadi.

Mijozga qarz va to'lovlar hisobotini yuborish

Ulgurji mijoz bilan oyiga bir marta hisobni solishtirish foydali. Mijoz kartasini oching, tepadagi uch nuqta orqali Eksportni tanlang: hisobot rasm, PDF yoki CSV jadval bo'lib chiqadi. Unda mijozning qarz va to'lovlari turadi, PDF tepasida esa umumiy qarzi yoziladi. Telegram orqali yuborasiz, savol chiqsa, hamma raqam ko'z oldida.

Nakladnoy bilan ishlashda maslahatlar

  • Ikki nusxa qiling. Biri mijozga, imzo qo'yilgani sizda qolsin.
  • Qarzni hujjatda ko'rsating. Do'kon sozlamalarida Chekda mijoz qarzini yoqsangiz, chek va nakladnoyda xaridorning oldingi va keyingi qarzi chiqadi.
  • Hujjat tilini xaridorga moslang. Ilova o'zbekcha bo'lsa ham, Hujjatlar tilida ruschani tanlab, ruscha nakladnoy berishingiz mumkin.
  • Karta raqamingizni yozib qo'ying. Hujjatlardagi do'kon ma'lumotlariga telefon, karta va manzilni bir marta kiritsangiz, ular hujjatlar pastida chiqadi.

Chek, nakladnoy va yuk xati Savdo tarifidan boshlab ishlaydi, Ro'yxatlar bo'limi esa Biznes tarifidan. Yangi foydalanuvchilar ularni 7 kunlik bepul sinov davrida ishlatib ko'rishi mumkin.

Ko'p so'raladigan savollar

Nakladnoy nima uchun kerak?

Tovar kimga, qancha va qanday narxda berilganini yozib qo'yish uchun. Mijoz bilan tortishuv chiqsa, imzoli varaq masalani yopadi.

Nakladnoyni telefondan PDF qilib yuborsa bo'ladimi?

Ha. Sotuv kartasida Hisob-fakturani oching, PDF yoki Rasmni tanlang va Telegram yoki Ulashish orqali yuboring.

Nakladnoy bilan yuk xatining farqi nima?

Nakladnoyda tovar, narx va to'lov bor. Yuk xatiga haydovchi, mashina, manzil va qabul qiluvchi ham qo'shiladi.

Nakladnoy uchun qanday dastur kerak?

Alohida dastur shart emas: nakladnoy ilovadagi har bir sotuvdan chiqadi, telefonda ham, kompyuterdagi veb-versiyada ham.

Nakladnoyni oddiy printerda chiqarsa bo'ladimi?

Ha, u A4 yoki A5 varaqqa chiqadi. Termoprinter uchun esa alohida chek bor.

Nakladnoyni ruscha chiqarsa bo'ladimi?

Ha. Hujjat shablonlaridagi Hujjatlar tilida ruscha yoki o'zbekchani tanlang, ilova tili o'zgarmaydi.